PSJ sobiq futbolchisi klubning munosabatidan noroziligini bildirdi
25 iyu 11:22
Yangiliklar
PSJ sobiq futbolchisi klubning munosabatidan noroziligini bildirdi
PSJ sobiq futbolchisi Leven Kurzava klubning unga nisbatan munosabatidan noroziligini aytdi.
"Men PSJni tashkilot sifatida tanqid qilmayman, lekin bu menejment bilan bog'liq muammo edi. Bu mavsumda ham, avvalgi mavsumlarda ham hurmatsizlik qilishdi, balki ketishni istamaganim ular uchun ortiqcha bo'lgandir, lekin 2020 yilda shartnomam 4 yilga uzaytirilganini unutmasligimiz kerak.
Bir yil o'tgach, ular menga: "Sen ketishing kerak", deyishdi. PSJ nima uchun 2020 yilda shartnomani uzaytirganini tushunmayapman. Agent menga malumotni noto'g'ri etkazdi. Menda variantlar bor edi, lekin men buni bilmasdim. Pul muhim emas, menga haqiqiy sport loyihasi kerak", – dedi futbolchi.
Franciyalik futbolchi erkin agent sifatida PSJni tark etdi. 31 yoshli himoyachi o'tgan mavsum Liga 1'da atigi 8 daqiqa o'ynagandi.
Fikrlar