PSJ Serbiya terma jamoasi futbolchisining transferini deyarli naqd qildi
25 iyu 2019 01:25
Yangiliklar


PSJ Serbiya terma jamoasi futbolchisining transferini deyarli naqd qildi
Lacio yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savich faoliyatini PSJda davom ettirishga juda yaqin turibdi.
Bild'ning xabar berishicha, 24 yoshli xavbek parijliklar bilan shartnoma bo'yicha kelishuvga erishgan. SHuningdek, klublar o'rtasidagi muzokaralar oxirgi bosqichdaligi aytilmoqda. Transfer summasi va futbolchining maoshi hozircha sir tutilmoqda.
Serbiya terma jamoasi azosi joriy mavsum «burgutchalar» safida 41ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol urdi hamda 3ta assistni o'z hisobiga yozib qo'ygandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar