PSJ prezidenti: "Real"ning Mbappega taklifi biznikidan qulayroq edi"
22 iyu 2022 07:25
Yangiliklar
PSJ prezidenti: "Real"ning Mbappega taklifi biznikidan qulayroq edi"
PSJ prezidenti Nosir al-Helayfi Kilian Mbappe nima uchun "Real"ga rad javobini berganini aytib o'tdi.
23 yoshli futbolchi mavsumlar oralig'ida "Real"ga o'tishi mumkin edi, lekin yakunda PSJda qolishga qaror qildi.
"Real"ga hurmatim yuqori, bu buyuk jamoa. Kilian shartnomani pul uchun uzaytirgani yo'q.
Madridliklarning taklifi biznikidan ham qulay edi. U bizning futbolchi. Unda "Real"dan tashqari Angliyadan ham taklif bor edi. Ammo u PSJni tanladi", - dedi Nosir al-Helayfi.
Fikrlar