PSJ prezidenti: Monpeleni yuta olmaganimizga Neymarning aloqasi yo'q
24 sen 2017 11:10
Yangiliklar
PSJ prezidenti: Monpeleni yuta olmaganimizga Neymarning aloqasi yo'q
PSJ prezidenti Nosir Al-Xelayfi Monpelega qarshi o'yindan so'ng (0:0) o'z fikrlarini bildirdi.
Biz bugun Neymar tushmagani uchun yuta olmadik demagan bo'lardim. U biz uchun muhim o'yinchi, ammo yuta olmasligimizga boshqa sabablar bor.
Neymar va Kavani o'rtasidagi voqealar haqida eshitganimda kulib qo'ydim. Sizlarga har kuni yangi yangi janjallar kerakmi?!
Monpelega qarshi o'yin og'ir bo'lishini bilardik. Hamma o'yinda yutishning iloji yo'q. Murabbiylar uchrashuvni ko'rib chiqishadi va xatolar ustida ishlanadi.
Bavariya bilan bahsdan oldin ruhan tayyormiz. CHorshanba kungi bahs eng muhimi.
Monako biz bilan farqni kamaytirib olgani esa chempionat uchun yaxshi, - deydi Al-Xelayfi.
Fikrlar