PSJ prezidenti Al Helayfi 28 oyga qamalishi mumkin
09 mar 2022 15:57
Yangiliklar
PSJ prezidenti Al Helayfi 28 oyga qamalishi mumkin
Hozirda Bellinzona federal jinoiy sudining apellyaciya palatasida sud jarayonlari bo'lib o'tmoqda. Yana bir ayblanuvchi FIFAning sobiq rahbarlaridan biri Jerom Valke 35 oylik qamoq jazosiga hukm qilindi. Uchinchi ayblanuvchi greciyalik Konstantinos Nterisga - 30 oylik qamoq jazosi.
PSJ prezidenti FIFA sobiq bosh kotibi Jerom Valkeni jinoyatlarga undashda ayblanmoqda. Ish avvalroq ko'rib chiqilgan va 2020 yilning oktyabr oyida Al Helayfi birinchi instanciya sudining qaroriga ko'ra oqlangan, Valke esa shartli ravishda 120 kunlik ozodlikdan mahrum etilgandi.
Xabar qilinishicha, Nosir G'anim Al Helayfi 2026 va 2030 yilgi jahon chempionatlarini translyaciya qilish huquqini sotish bo'yicha ishda pora olganlikda ayblangan Valkega "suniy ustunliklar" taqdim etgan.
Fikrlar