PSJ posboni yana jamoaga qaytdi
25 sen 2020 23:43
Yangiliklar


PSJ posboni yana jamoaga qaytdi
PSJ darvozabon Aleksandr Letele bilan shartnoma imzoladi, deya xabar bermoqda klub rasmiy sayti.
29 yoshli posbon Parij klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2000-2010 yillarda PSJ sharafini himoya qilgan. Letele kelishuvga ko'ra 2021 yilning 30 iyuniga qadar PSJ libosida harakat qiladi. O'tgan mavsumda u “Orlean” klubida to'p tepgan.
“PSJga qaytish men uchun katta shaarf. Men sevimli jamoamga qaytganimdan xursandman va Keylor Navas hamda Serxio Riko singari posbonlar bilan mashg'ulotlar o'tkazishni o'zgacha bir ishtiyoq bilan kutayapman. Yangi mavsumda oldimizga qo'yilgan katta vazifalarni bajarishni sabrsizlik bilan kutayapman”, deya Letelening so'zlaridan iqtibos keltirmoqda klub matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar