PSJ o'z futbolchisini transferga qo'ydi
08 jan 2021 07:57
Yangiliklar
Germaniyalik futbolchining parijliklar bilan shartnomasi 2021 yilning yozida yakunlanadi. Ammo, PSJ futbolchini hozir sotib yubormoqchi. 27 yoshli yarim himoyachining transfer narxi 20 million evroni tashkil etadi.
U PSJda 2017 yildan beri to'p tepadi. O'shanda u 36 million evro evaziga "Volfsburg"dan PSJga ko'chib o'tgandi. U parijliklar tarkibida 150 ta o'yinda maydonga tushib, 22 ta gol va 33 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar