PSJ Neymarga nisbatan chora ko'radi
08 iyu 2019 22:47
Yangiliklar


PSJ Neymarga nisbatan chora ko'radi
Braziliyalik forvard Neymar PSJning mavsumoldi yig'inlariga kelmagani uchun jamoa unga nisbatan intizomiy chora ko'rishini malum qildi.
«Dushanba, 8 iyulda, Neymar PSJning mavsumoldi mashg'ulotlariga qaytishi kerak edi. PSJ Neymarning belgilangan joyga kelmaganini malum qiladi. Bu klubning ruxsatisiz amalga oshirildi. Jamoa mazkur yuzaga kelgan vaziyatdan afsuslangan holda belgilangan tartibdagi choralarni ko'radi» – deyiladi parijliklarning rasmiy saytida.
Avvalroq, Neymar «Barselona»ga qaytishini tezlashtirish uchun Kataloniyaga bormoqchiligini malum qilgandik.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar