PSJ "Napoli" futbolchisini nishonga oldi
07 may 2020 11:06
Yangiliklar


PSJ "Napoli" futbolchisini nishonga oldi
"Napoli" hujumchisi Dres Mertens faoliyatini Franciyada davom ettirishi mumkin.
Xabarlarga ko'ra, PSJ 33 yoshli forvard bilan yaqin transferlar oynasida shartnoma imzolamoqchi.
Uning "Napoli" bilan tuzgan shartnomasi mavsum so'nggida yakuniga etadi, shu sabab u boshqa klubga tekinga yo'l olishi mumkin.
Belgiyalik futbolchining xizmatlariga qiziquvchilar orasida "CHelsi", "Arsenal", "Yuventus", "Inter" va "Roma" klublari ham bor.
Mertens joriy mavsum A Seriya doirasidagi 21ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 5ta assist qayd etgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar