“PSJ”, “Monako”, “Lion” ECHLda, “Trua” va “Metc” “uchib” ketishdi
20 may 2018 08:12
Yangiliklar
“PSJ”, “Monako”, “Lion” ECHLda, “Trua” va “Metc” “uchib” ketishdi
Franciyada mavsum-2017/18ga yakun yasalib, Evrokuboklarda ishtirok etadigan jamoalar qatorida elit divizionni tark etgan omadsizlar ham malum bo'ldi.
Kuchli uchlikdan joy olgan “PSJ”, “Monako” va “Lion” klublari kelasi mavsumda ECHLda ishtirok etishadi. Keyingi pog'onalarni band etgan “Marsel”, “Renn” va “Bordo” jamoalari Evropa Ligasida Franciya sharafini himoya qilishadi.
Turnir jadvalida so'nggi ikki pog'onani egallagan “Trua” va “Metc” klublari esa quyi ligaga ravona bo'lishdi. “Tuluza” jamoasi esa ikkinchi divizion vakili bilan o'tkaziladigan pley-off o'yinida maydonga tushadi.
“PSJ” hujumchisi Edinson Kavani 32ta o'yinda 28ta gol kiritib, Franciya chempionati to'purariga aylandi.

Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Умтити Месси ҳақида: "Фақатгина Месси ўйинни ёлғиз ўзи ютишга қодир эди"
"Ўзбекнефтгаз" "Насаф", "Бухоро" ва "Бунёдкор" клубларини молиялаштиришни тўхтатмоқда
Кроос Саудия Арабистони лигасини танқид қилди: "Роналдусиз уни яна унутишади"
"Ал Иттиҳод" Салоҳнинг агенти билан музокаралар олиб бормоқда
Fikrlar