PSJ Matyuidi bilan shartnoma uzaytirish borasida kelisha olmayapti
10 jan 2017 18:45
Yangiliklar
PSJ Matyuidi bilan shartnoma uzaytirish borasida kelisha olmayapti
PSJ yarim himoyachisi Blez Matyuidining poytaxt klubidagi kelajagi so'roq ostida.
Futbolchining klub bilan shartnomasi 2018 yilda yakuniga etadi, yangisi esa hozircha imzolangani yo'q. PSJ rahbariyati 29 yoshli o'yinchini saqlab qolmoqchi, ammo tomonlar hech kelisha olishmayapti.
So'nggi marotaba yangi bitim tuzish borasidagi muzokaralar noyabrda o'tkazilgan edi, ammo o'shandan so'ng siljish bo'lmadi. PSJ egasi Nosir Al-Helayfi Matyuidiga 2020 yilgacha bo'lgan shartnoma taklif qildi, ammo ijobiy javob olgani yo'q.
Fikrlar