PSJ Lautaro Martines uchun kurashga qo'shildi
06 may 2020 18:52
Yangiliklar


PSJ Lautaro Martines uchun kurashga qo'shildi
PSJ "Inter" hujumchisi Lautaro Martinesga qiziqayotgan navbatdagi klubdir.
Parij klubi 22 yoshli forvard uchun "Barselona", "Real" va "Manchester Yunayted" klublari bilan raqobatlashadi.
Oldinroq, argentinalik futbolchining faoliyatini "Barsa"da davom ettirishga yaqinligi aytilgan va tomonlar transfer borasida kelishib olishga yaqin ekanliklari haqida xabarlar yangragandi.
Qayd etish kerakki, kataloniyaliklar argentinalik futbolchi uchun 60 million evro to'lashga va bitimga yana ikki o'yinchisini berishga ham tayyor.
Futbolchi joriy mavsum A Seriya doirasidagi 22ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 4ta assist qayd etgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar