PSJ koreyalik xavbek bilan kelishib oldi
14 iyu 2023 11:07
Yangiliklar
PSJ koreyalik xavbek bilan kelishib oldi
Endi parijliklar futbolchining klubi bilan muzokara olib borishlari kerak.
"Malorka" yarim himoyachisi Li Kan In PSJ bilan uzoq muddatli shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Fabricio Romano xabar berdi.
Endi parijliklar futbolchining transferi borasida "qizil-qoralar" bilan muzokara olib borishi lozim. Klublar to'liq kelishuvga erishishga yaqin turibdi.
Koreyalik futbolchi 2021 yildan buyon "Malorka"da to'p tepadi. 22 yoshli xavbek o'tgan mavsum barcha turnirlarda 39 ta o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi va 7 ta golga assistentlik qildi.
Oldinroq PSJ "Kristal Pelas" vingeri Zaa bilan shartnoma imzolashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar