PSJ ketma-ket ikkinchi yil Franciya kubogini 1/8 finalda tark etdi
09 fev 2023 08:47
Yangiliklar


PSJ ketma-ket ikkinchi yil Franciya kubogini 1/8 finalda tark etdi
"Pari-Sen-Jermen" jamoasi ketma-ket ikkinchi yil 1/8 finalda Franciya kubogidan chiqib ketdi.
Kristof Galte jamoasi "Marsel"ga 1:2 hisobida yutqazib qo'ydi.
2022 yilda ular "Nicca"ga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berishgandi.
Bungacha PSJ 2015-2021 yillar mobaynida 7 marotaba ketma-ket finalga chiqqan. Ushbu finallarning 6 tasida jamoa g'alaba qozonib, bosh sovrinni qo'lga kiritgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar