PSJ kelasi hafta boshida 2ta transferni e'lon qiladi

Alisher
27 iyun 2019, 16:35
PSJ bir yo'la ikkita transferni amalga oshirishga yaqin.

Parij klubi kelasi hafta "Manchester Yunayted"dan Ander Errerani erkin agent sifatida jamoaga qo'shilishini kutishmoqda.

Bundan tashqari, 18 million evro evaziga "Sevilya"dan Pablo Sarabiyani sotib olinadi. Bu mablag' futbolchi uchun tovon puli hisoblanadi.

Ikki transfer ham PSJ rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi va kelasi hafta boshida e'lon qilinadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: L'Equipe