PSJ Kavaniga yangi shartnoma taklif qildi
13 iyu 2019 08:57
Yangiliklar
PSJ Kavaniga yangi shartnoma taklif qildi
PSJ urugvaylik hujumchi bilan yangi shartnoma imzolamoqchi.
Edinson Kavanining PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2020 yil yozida yakuniga etadi. Parij klubi esa futbolchi bilan bitimni yana bir yilga uzaytirishni xohlamoqda. Mazkur holat tez orada klub sport direktoriga aylanadigan Leonardo nazoratida turibdi. Aynan Leonardo 2013 yil Kavanini PSJga olib kelgandi.
Qayd etilishicha, Kavani allaqachon PSJdan og'zaki ravishda shartnomani uzaytirish uchun taklif olgan. Rasmiy muzokaralar esa tez orada boshlanishi kutilmoqda.
Fikrlar