PSJ Italiya A Seriyasining o'tgan mavsumdagi eng yaxshi o'yinchisi bilan shartnoma tuzmoqchi
30 may 10:55
Yangiliklar
PSJ Italiya A Seriyasining o'tgan mavsumdagi eng yaxshi o'yinchisi bilan shartnoma tuzmoqchi
PSJ Inter hujumchisi Lautaro Martines vakillari bilan aloqaga chiqdi.
Uchrashuv kecha bo'lib o'tgan va tomonlar o'zaro shartnoma bo'yicha ilk muzokaralarni olib borishgan. Franciya klubi milanliklar sardori uchun 100 million evrodan ziyodroq pul to'lashga tayyorligini malum qilgan.
Malumot uchun, Lautaro o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra A Seriyaning eng yaxshi futbolchisi deb tan olingandi. U yakunlangan mavsumda A Seriyada 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 24 ta gol va 6 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Uning «Inter» bilan shartnomasi 2026 yilga qadar mo'ljallangan. Uning transfer narxi 110 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar