PSJ Ikardini "Yuventus"ga qo'yib yuborishga tayyor
25 dek 2021 12:50
Yangiliklar
PSJ Ikardini "Yuventus"ga qo'yib yuborishga tayyor
PSJ forvardi Mauro Ikardi Italiya chempionatiga qaytishi mumkin.
28 yoshli argentinalik futbolchi uchun "Yuventus" davogarlik qilmoqda. Parijliklar asosiy tarkib o'yinchisi bo'lmagan futbolchi bilan xayrlashishga tayyorlar.
SHu bilan birga, francuz klubi Ikardini sotmoqchi va bitimga "Yuventus" o'yinchisi qo'shilishini ko'rib chiqmayapti.
Ikardi joriy mavsum 20ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urishga erishdi.
Fikrlar