PSJ Ikardi uchun katta summa to'lashga tayyor
23 apr 2019 20:59
Yangiliklar


PSJ Ikardi uchun katta summa to'lashga tayyor
PSJga "Inter" hujumchisi Mauro Ikardi kerak, deb xabar beradi "Gazzetta dello Sport".
Unga ko'ra, Parij jamoasi 26 yoshli hujumchini yozda ketishi mumkin bo'lgan Edinson Kavanining o'rniga olib kelishni rejalashtirmoqda.
PSJ Ikardi uchun 70 million evrodan voz kechishga tayyor turibdi. Uning "Inter" bilan kelishuvi 2021 yilga qadar davom etadi. Bu mavsumda u jamoasi tarkibida 32 o'yinda 16 gol kiritdi va 4 assistga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar