PSJ endi Pogbani tekinga qo'lga kiritmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
16 avg 2021, 15:15
PSJ "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogbaga bo'lgan qiziqishini yo'qotganicha yo'q.

Lionel Messining jamoaga qo'shilganiga qaramay, parijliklar fransiyalik futbolchini ham klubga olib kelish niyatida.

PSJ Pogba bilan 2022 yil erkin agent sifatida shartnoma imzolashni ko'zlagan. 28 futbolchining o'zi "Barselona" yoki "Real Madrid"ga o'tish variantini maqul ko'rmoqda, ammo ispan grandlari moliyaviy muammolarga duch kelgan.

PSJ futbolchini ko'ndirish maqsadida, unga haftasiga 600 ming evro (yiliga taxminan 31 mln evro) maosh to'lashga tayyor.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia