PSJ "Bavariya" bilan o'yinchi almashmoqchi

Tolibjon Qosimov
27 avg 2018, 21:58
PSJ klubi "Bavariya"ga o'yinchi almashish borasida taklif bilan chiqdi.

Buni "Kicker" nashri tasdiqladi. Fransiya chempionlari myunxenliklar markaziy himoyachisi Jerom Boateng uchun o'zlarining hujumkor yarim himoyachilari Yulian Drakslerni berishga tayyor.

Eslatib o'tamiz, Drakslerning PSJ bilan shartnomasi 2021 yilgacha mo'ljallangan. Lekin, o'yinchini kam o'yin amaliyoti qoniqtirmayapti. O'z navbatida, "Bavariya" prezidenti Uli Xyoness Boatengning ketishi mumkinligini tasdiqlagan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Kicker