PSJ 60 million evroga sotib olgan yarim himoyachi faoliyatini MYUda davom ettirmoqchi
11 iyu 2024 11:43
Yangiliklar
PSJ 60 million evroga sotib olgan yarim himoyachi faoliyatini MYUda davom ettirmoqchi
"Pari Sen-Jermen" yarim himoyachisi Manuel Ugarte kelajagi borasida bir qarorga keldi.
Urugvaylik futbolchi parijliklar safini tark etishga qaror qildi. Bunga jamoa ustozi Luis Enrike rejalarida Ugarteni ko'rmayotgani sabab bo'ldi, deb xabar beradi jurnalist Santi Auna.
23 yoshli tayanch yarim himoyachisi faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettirish niyatida. Manchesterliklar Liga 1 klubi bilan muzokaralarni davom ettirishmoqda. Malumotlarga qaraganda, muzokaralar ijobiy ruhda davom etmoqda – barchasi yaqin vaqtlar ichida hal bo'lishi kutilmoqda.
Qayd etish lozim, Manuel Ugarte PSJ safida o'tgan yilning iyul oyidan buyon to'p tepmoqda. O'shanda parijliklar futbolchini 60 mln evro evaziga sotib olgandi.
"Transfermarkt" portali xavbekning transferini 45 mln evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar