So’nggi yangiliklar

10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  3 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  2 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  4 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  9 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  2 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  8 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  10 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  29 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  31 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  5 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  1

Professionalizmning tubi: "Buxoro" atrofidagi mantiqsiz va kulgili voqealar Yangiliklar

Professionalizmning tubi: "Buxoro" atrofidagi mantiqsiz va kulgili voqealar

Biroz avval Championat.asia'ning "Eshitdik-da" rukni "Buxoro" klubidan 3 ochko olib tashlanishi kutilayotgani haqida xabar berdi.

Bunga sabab sifatida klub futbolchilar oldidagi qarzlarini yopish masalasini paysalga solayotgani ko'rsatilgan. SHundan keyin Championat.asia foydalanuvchilaridan biri tahririyatimizga "Buxoro" faoliyati bilan bog'liq bir nechta malumotlarni yubordi. Biz ushbu malumotlarni tekshirib, shaxsiy mulohazalarimiz bilan taqdim qilishga qaror qildik.

Malum bo'lishicha, maosh va ayollar jamoasiga kelganda puli tugab, "nochor"ni yoqib oladigan klub o'z murabbiylarini juda qadrlar ekan.

Havoga sochilgan millionlar

Yil avvalida "Buxoro" jamoasi rahbariyatida o'zgarish ro'y berdi (Alisher Rustamovning o'rnini Jamol Alimov egalladi). Yangi rahbariyat ishni murabbiylar shtabida o'zgarish qilishdan boshladi. Jamoa matbuot xizmati 5 yanvar kuni amaldagi murabbiy Jamshid Saidovning o'rnini Davron Fayziev egallaganini elon qildi. Bunda Jamshid Jalolovich bilan mehnat bitimi bir tomonlama bekor qilingani aytildi. Biroq, klub bilan 2022 yilning oxiriga qadar kelishuvi bo'lgan Saidov 2 yillik maoshini to'lab berilishini talab qilib, O'FAning Futbolchilar maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mitaga murojaat qiladi. Qo'mita ishni o'rganib, murabbiyning haqligiga amin bo'lgan va klubga Saidovni vazifasiga tiklashni tavsiya qilgan edi. Biroq, rahbariyat bu tavsiyaga amal qilmadi va 18 mart kuni (Fayziev tayinlovidan 2 oy o'tib) Saidov bilan shartnoma o'zaro kelishuv bilan bekor qilinganini elon qildi. Championat.asia'ga malum bo'lishicha, "Buxoro" buning uchun mutaxassisga 160 million so'mdan ko'proq tovon puli to'lab bergan.

Etibor qiling, qarzga botgan aqlliroq kishilar bu vaziyatda Saidovni o'z lavozimida qoldirib, millionlarni qarzdorlikni yopish uchun yo'naltirishar edi.

"Ko'tarma puli"

Oradan bir oy o'tgach, rahbariyatga Fayzievning ishi ham yoqmay qoldi va istefoga chiqarildi. Ushbu vaziyatda ham yangi mashmasha yuzaga kelibdi. Bu gal O'FAga murabbiy emas, klubning o'zi murojaat qilib, Fayzievdan pul undirib berishni so'ragan. Klubdan alamzada holatda ketgan mutaxassis esa "Buxoro" rahbariyati davo qilayotgan pullar yil avvalida unga "ko'tarma puli" sifatida berilganini malum qilgan (kulgili, to'g'rimi?). SHu o'rinda eslatib o'tamiz, 2020 yildan boshlab davlat ulushi bor korxonalar tomonidan moliyalashtiriladigan futbol klublarida ko'tarma puli degan tushuncha butunlay tugatilgan edi.

Baqoev va Toshevga taklif

Bizdagi malumotlarga ko'ra, klub rahbariyati "So'g'diyona"ni boshqarayotgan Ulug'bek Baqoev hamda Tojikiston termasi ustozi Usmon Toshevning eshigini taqillatib, "yog'li" taklif yuborgan. Ulardan biri allaqachon jamoada ish boshlashga ulgurdi.

Xullas, Buxoro shahrining "Buxoro" jamoasi shunday jamoaki, murabbiylarini qo'lqopdek almashtirishi, ularning qo'liga qop-qop pullarni tutqazishi mumkin. Lekin, qarzlarini — birovning haqini qaytarmasdan, tunlari miriqib uxlay oladi. SHunday ekan, klubdan ochko tortib olinishiga qarshilar bo'lmasa kerak. 

P.s.: Futbol uchun kuyib-pishamizu, davlat korxonalari tomonidan moliyalashtiriladigan klub rahbarlarining bu kabi mantiqsiz qiliqlari xafsalamizni o'lar darajada pir qiladi. Nachora...

Faxriddin Ro'ziev

Muallif :
Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика