So’nggi yangiliklar

00:50"Ливерпуль" Кьезани Чемпионлар Лигаси қайдномасига киритмагани маълум бўлди  1 00:32Элдор ва Аббос сафда, Кападзенинг кайфияти чоғ – миллий жамоа машғулотларидан ГАЛЕРЕЯ  6 00:10U-23 Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон жойлашган гуруҳнинг иккинчи баҳсида Қирғизистон Кими Меркнинг дубли эвазига Фаластинни енгди  2 23:50Португалия президенти марҳум Диогу Жотани орден билан тақдирлади  1 23:18"Пахтакор" 5 нафар тарбияланувчиси учун 432 миллион сўм олади  0 22:44Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Англияга ютқазди  9 22:25Антони "Бавария" таклифини рад этганини айтди. У "Бетис"га берган сўзида турган  2 21:55"Атлетик" ФИФА Лапортни рўйхатдан ўтказишни рад этганини тасдиқлади  1 21:36Ла Лигада ой мураббий бўлиш учун номзодлар номи эълон қилинди. Флик улар орасида йўқ  8 20:55Ла Лигада август ойининг энг яхши ўйинчиси бўлиш учун номзодлар номи эълон қилинди  3 20:25Равшан Ҳайдаров: "Бутун ўйин давомида устунликка эга бўлдик, тўпни назорат қилдик"  13 19:59A Bola: Лёвдан сўнг Бенту ҳам Ўзбекистонга "йўқ" деди  107 19:50Фарруҳ Сайфиев Туркманистон билан баҳсда дарвозабонга атайин жароҳат етказдими?  11 19:33Аббос Файзуллаев: "Туркияга мослашиш қийин бўлмади"  3 17:37Фермин ва Гави қизлар туфайли жанжаллашиб қолганми?  1

Pro liganing transfer oynasidagi etiborli o'tishlari Yangiliklar

Pro liganing transfer oynasidagi etiborli o'tishlari

O'zbekistonda transfer oynasi yakunlandi.

Pro liga jamoalari ham imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda tarkibni kuchaytirdi. Quyida eng saralari bilan tanishtiramiz.

Zafar Polvonov

Yo'nalish: AGMKdan - "Andijon"ga

AGMK klubida asosan zaxira o'rindig'ida qolib ketayotgan hujumchi transfer oynasining so'nggi kunlarida jamoasini almashtirishga qaror qildi. Futbolchi o'z oldiga Superligaga qaytishni astoydil maqsad qilgan “Andijon” klubiga ko'chib o'tdi. Viktor Kumikov mavsumni qolgan qismi oldidan yana bir hujumchini jamoaga taklif qildi. Bu orqali tarkibni sezirarli darajada kuchaytirib oldi.

Muhammad Isaev

Yo'nalish: "Istiqlol"dan - "Yangier"ga

Tojikistonning “Istiqlol” jamoasi bilan Osiyo CHempionlar ligasida ishtirok etgan Muhammad Isaev endilikda Pro ligada to'p tepadi. Futbolchi “Yangier-quruvchi” safini  to'ldirdi. Ko'pchilik uni yana Superliganing birorta jamoasida ko'rinish berishini kutishgandi. Biroq u mavsum yakuniga qadar faoliyatini Pro ligada davom ettirishga qaror qildi. 

Temur Ismailov

Yo'nalish: "Dinamo"dan - "Buxoro"ga 

Mavsumni Samarqandning “Dinamo” klubida boshlagan futbolchi davralar oralig'ida “Buxoro”ga o'tdi. Aslida u samarqandliklar sardori sifatida maydonga tushib kelayotgandi. Keyinchalik zaxirada qolib ketayotgani natijasida, davralar oralig'ida Hakim Fuzaylov jamoasiga kelib qo'shildi. “Buxoro” yozgi transfer oynasi vaqtida tarkibni sezirarli darajada kuchaytirdi. Klub Superliga yo'llanmasi uchun jiddiy kurashga qo'shilishi kundek ravshan. 

Suhrob Berdiev

Yo'nalish: "Yangier"dan - "Andijon"ga

Faoliyati davomida Superligada o'ynab kelgan Suhrob Berdiev jarohatidan keyin biroz sport formasini yo'qotgani rost gap. SHu sabab bo'lsa kerak, futbolchi mavsum boshida “Yangier-quruvchi” libosini kiydi. Bu jamoada birin-ketin gollar urib, jamoa etakchisiga aylandi. Yozgi transfer vaqtida esa “Andijon”dan tushgan taklifga rozilik bildirdi va klub bilan shartnoma imzoladi. 

Qahramon Bahodirov

Yo'nalish: "Yangier"dan - "Turon"ga

Pro liga peshqadami “Turon” ham yozgi transfer oynasidan unumli  foydanib, uch nafar yangi ijrochini qo'shib oldi. Jumladan, tarkibga tajribali qanot himoyachisi Qahramon Bahodirov bilan ham shartnoma imzoladi. Bahodirov ham mavsumni “Yangier-quruvchi” klubida boshlagan va jamoa sardori edi. Futbolchi birinchi davradan keyin, yangierliklar bilan xayrlashdi va “Turon” safini to'ldirdi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика