So’nggi yangiliklar

10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  3 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  0 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  1 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  1 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  2 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  0 09:06Сергей Лушан: “Жамоага нима етишмаётганлигини билганимда, энг бахтли инсон бўлардим”  14 08:58Факт. "Сўғдиёна" 14 йилдан сўнг ОКМК дарвозасига 3 тадан кўп гол урди  0 08:41Бугун "Қизилқум" устози Шевченконинг рекордини такрорлайдими?   3 08:33Рубен Аморим: "Биз ўзгардик ва анчагина кучайдик"  3 08:07Сервер Жепаров: "Пахтакор"га "Нефтчи"нинг зич ҳимоясини ёриб ўтиш осон бўлмайди"  12 07:50Суперлига. ОКМК "Сўғдиёна"га йирик ҳисобда ютқазди. "Навбаҳор" ва "Сурхон" баҳсида эса ҳисоб очилмади  4 07:44"Нефтчи" бу йил меҳмонда ютқазмаяпти, олдинда "Пахтакор" имтиҳони кутмоқда  12 07:20Факт. "Сўғдиёна" 6 йилдан сўнг Жиззахда ОКМКни ютди  0 06:46Суперлига. Бугун ўзбек Эл Классикоси бўлиб ўтади  18

Pro-liganing ikki markaziy o'yinida hakamlar xato qildimi? Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi elon qilindi Yangiliklar

Pro-liganing ikki markaziy o'yinida hakamlar xato qildimi? Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi elon qilindi

20 va 21 avgust kunlarida Pro liga 2024-yilgi mavsumning 17-turi doirasida "Buxoro" - "Xorazm" va "Aral" - "Qo'qon-1912" o'yinlari bo'lib o'tdi.

O'zbekiston futbol hakamlari markazi mazkur uchrashuvlar tugagach, Ekspert-hakamlar komissiyasining navbatdagi yig'ilishini o'tkazdi va undagi bahsli vaziyatlar tahlil qilindi. Bu bellashuvlarda jami 5 ta bahsli vaziyat yuzaga keldi.  

Quyida ularning batafsil izohi va chiqarilgan yakuniy qarorlar bilan tanishishingiz mumkin:

1-vaziyat. Pro liga, "Buxoro" - "Xorazm" bahsi: qizil kartochka.

"Buxoro" - "Xorazm" uchrashuvining 37-daqiqasida mehmonlarning 10-raqamli azosi raqibining tana qismiga mushti bilan zarba berdi. Bosh hakam Doston Mirzarayimov bu vaziyatda futbolchiga darhol qizil kartochka ko'rsatdi.  

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Mazkur holatda futbolchi mezbonlar vakiliga nisbatan atayin qo'pol harakat qilgan va bunday hollarda to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka ko'rsatish uchun asos mavjud. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamning qarorini to'g'ri, deb hisoblaydi.

2-vaziyat. Pro liga, "Aral" - "Qo'qon-1912" qarama-qarshiligi: bahsli vaziyat.

"Aral" - "Qo'qon-1912" uchrashuvining 17-daqiqasida mezbonlarning 20-raqamli futbolchisining qo'liga to'p tegdi. Bosh hakam SHavkat Nasibullaev to'p qo'lga tabiiy tarzda tekkanini takidladi va bahsni davom ettirdi. 

 Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda mezbonlar azosi to'pni qo'li bilan o'ynagan va to'p yo'nalishining o'zgarishiga sababchi bo'lgan. Ushbu jarayonda qo'l bilan o'yin qayd etilishi lozim edi. Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan hakamning qarori noto'g'ri, deb topildi.

3-vaziyat. Pro liga, "Aral" - "Qo'qon-1912" qarama-qarshiligi: bahsli vaziyat.

"Aral" - "Qo'qon-1912" uchrashuvining 60-daqiqasida mehmonlarning 18-raqamli futbolchisi raqibiga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Bosh hakam SHavkat Nasibullaev jarima zarbasi belgiladi, ammo futbolchiga sariq kartochka ko'rsatmadi. 

 Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda qo'qonliklar vakili istiqbolli hujumni to'xtatib qolgan. Mazkur holatda futbolchi sariq kartochka bilan jazolanishi kerak edi. Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan hakamning qarori noto'g'ri, deb topildi.

4-vaziyat. Pro liga, "Aral" - "Qo'qon-1912" o'yini: bahsli 11 metrlik jarima zarbasi.

"Aral" - "Qo'qon-1912" uchrashuvining 62-daqiqasida mezbonlarning 27-raqamli futbolchisi raqib jarima maydoniga yorib kirdi, ammo unga himoyachilar qarshilik ko'rsatdi. Bosh hakam SHavkat Nasibullaev vaziyat penaltiga tortmasligini malum qildi va bahsni davom ettirdi.  

 Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda penalti belgilash uchun dalil mavjud emas. Kadrlar orqali jarayon ochib berilmagan. SHu sababdan, komissiya mazkur holatda hakamlarni qo'llab-quvvatlaydi va qarorni to'g'ri, deb topdi.

5-vaziyat. Pro liga, "Aral" - "Qo'qon-1912" qarama-qarshiligi: sariq kartochka.

"Aral" - "Qo'qon-1912" uchrashuvining 90+2-daqiqasida ikki jamoa vakillari o'rtasida to'p uchun kurash kechdi va yakunda qo'pol harakati uchun bosh hakam SHavkat Nasibullaev ikkala futbolchiga ham sariq kartochka ko'rsatdi. 

 Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda mezbonlar vakili raqibiga nisbatan ochiqchasiga o'yin qoidasini buzgan. Mehmonlar azosi esa sportchiga xos bo'lmagan xatti-harakat amalga oshirgan. Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan hakamning qarori to'g'ri, deb topildi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика