So’nggi yangiliklar

23:46"Ал Насср" ўртоқлик ўйинида "Тулуза"ни мағлубиятга учратди. Феликсдан дебют, Роналдудан гол  0 23:27"Ман Юнайтед" "Ман Сити"га керак бўлмай қолган дарвозабонга қизиқмоқда  2 22:59Гёкереш: "АПЛ – дунёдаги энг яхши лига. Бу ерда ўйнашни доим орзу қилганман"  0 22:35Месси МЛСда ой ўйинчиси деб топилди  6 22:07Расман: "Қўқон-1912" Клейди Даци ва Аброр Каримовни ўз сафига қўшиб олди  1 21:23"Ливерпуль" яна бир супер трансферни ҳал қилишга яқин  2 20:51Расман: "Қўқон-1912" яна икки нафар футболчини ўз сафига қўшиб олди  0 20:38Расман: Маҳмуд Маҳамаджонов мавсумнинг иккинчи қисмини "Динамо"да ўтказади  1 20:25Расман: Аббосбек Файзуллаев - "Истанбул Башакшехир" футболчиси!  15 20:06Ўртоқлик ўйни. "Ливерпуль" японларни мағлуб этди  3 19:55Футзал. ОКМК икки нафар бразилиялик футзалчилар билан шартнома имзолади  2 19:25Илк ўйинида уйига йиғлаб кетган, 15 ёшида терма жамоада дебют қилган ҳамда самолётда шуғулланган "Нефтчи" ҳужумчиси Сильванус Нимели билан яқиндан танишамиз  9 19:01"Неом" "Монако" футболчисини харид қилмоқчи  0 18:38Расмий хабар: Шоҳрух Гадоев иккинчи даврани "Қўқон-1912"да ўтказади  0 18:09Расмий хабар: "Насаф" Нигерия терма жамоаси собиқ футболчисини ўз сафига қўшиб олди  5

Pro-liganing debyutanti Nurafshon haqida nimalar bilamiz? Yangiliklar

Pro-liganing debyutanti Nurafshon haqida nimalar bilamiz?

Pro-liga starti arafasida kutilmaganda Toshkent viloyatining Nurafshon jamoasi musobaqada ishtirok etadigan bo'ldi.

Bungacha muxlislar «Nurafshon» deganda asosan Buxoro viloyati jamoasini eslardi. Ammo 2018 yildan endi Pro-ligada Toshkent viloyatining «Nurafshon» jamoasi ishtirok etadigan bo'ldi. Oldingi yillari ushbu jamoaning nomi «Axmad Yassaviy» deya yuritilgan. Xo'sh, u qanday jamoa? Olingan malumotlarga ko'ra, ushbu jamoaga Vohid Xolboev ustozlik qilmoqda. Bungacha «Oq-Tepa», «Lokomotiv-BFK», «Obod» kabi jamoalarida bosh murabbiy va yordamchi sifatida ishlagan mutaxassis endilikda Pro-liga debyutantini boshqaradigan bo'ldi. Unga sobiq futbolchi Asqar Jadigerov yaqindan yordam bermoqda. Andijonlik muxlislarning qalbidan joy olgan Jadigerov butsalarini mixga ilgach, asta-sekin murabbiylik sohasidagi ilk qadamlarini tashlamoqda.

Xolboev - Jadigerov tandemi chempionat starti arafasida zudlik bilan selekciya ishlarini olib borib, tarkibni shakllantirishga xarakat qilishdi.

SHuni ham qayd etish kerakki, Asqar Jadigerovda murabbiylik licenziyasi bilan bog'liq muammo yuzaga kelgani sababli, jamoa uni futbolchi sifatida «zayavka» qilgan. «Nurafshon» O'zbekiston Kubogining o'tish bosqichida o'z uyida «Iftixor»ga imkoniyatni boy bergan bo'lsada, birinchi taymda raqibga etarlicha tashvish tug'dira olganini aytish mumkin.

«Nurafshon» tarkibiga nazar tashlaydigan bo'lsak, o'z vaqtida Superliga va Pro-liga jamoalarida o'ynagan futbolchilarni uchratish mumkin. Xususan, Ravshan Yagudin, Elbek Ravshanov, Dilmurod Qodirov, Sardor Rasulov, Orifxo'ja Abduxoliqov, Farrux SHotursunov, Murod Rajabov, Ruslan Vagapov, Murod To'ychiboev hamda Doston Abdurahmonov joriy «Nurafshon» jamoasining ro'yxatidan o'tkazilgan.

Taqvimga ko'ra, Toshkent viloyati jamoasi chempionatdagi dastlabki uchrashuvini ham Yoshlar ittifoqining «Iftixor» jamoasiga qarshi o'tkazadi.
Mazkur uchrashuv 6 aprel kuni «Do'stlik» stadionida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика