So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Аталанта" "Наполи"дан устун келди, "Милан" ўз майдонида "Парма"га мағлуб бўлди, "Рома" эса йирик ғалабага эришди  0 01:14Эрон Про лигаси. "Трактор" муҳим ўйинда дуранг ўйнади, Ҳамробековдан ассист  0 00:45БАА Про лигаси. "Бани Яс" "Ал Айн"га иккита гол уриб, мағлуб бўлди, Шукуров тўлиқ ўйнади  0 00:40АПЛ. "Тоттенхэм" — "Арсенал" 1:4  0 23:55Милан Митрович ватанига қайтди  7 23:38АПЛ. "Арсенал" меҳмонда "Тоттенхэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, пешқадамликни мустаҳкамлади  22 22:32Эрон Про лигаси. "Истиқлол" меҳмонда ғалабага эришди ва жадвалда биринчи ўринга чиқиб олди  0 22:15Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида йирик ғалабага эришди ва жадвалда биринчи ўринга чиқиб олди  46 22:00"Пахтакор" собиқ дарвозабони фаолиятини Бразилияда давом эттиради  2 21:30"Қўқон-1912" "Бешиктош" футболчиси билан шартнома имзолади  5 21:06Лингард Жанубий Америкадан жамоа топди  1 21:05АПЛ. "Ливерпуль" 90+7 дақиқада гол уриб, "Ноттингем Форест"ни мағлуб этди  13 20:48"Ман Сити" португалиялик ҳимоячи учун "Арсенал" билан курашиши мумкин  2 20:20"Тоттенхэм" — "Арсенал". Таркиблар маълум  18 20:01ОПЛ. "Сабаҳ" муҳим ўйинда 88-дақиқада гол уриб, ғалабага эришди, Раҳмоналиев захирадан ўйинга қўшилди  1

PRO-Ligada kurash qizib bormoqda. PFLga taklif bor Yangiliklar

PRO-Ligada kurash qizib bormoqda. PFLga taklif bor

Teglar :  PRO-liga
Xabaringiz bo'lsa kerak, O'zbekiston PRO-Ligasining “A” guruhida o'ziga yarasha qiziq intriga yuzaga keldi. Bu albatta ko'pchilikni xursand qilmoqda deyish mumkin.

Sababi CHempionat peshqadami avvalgi yillardagi kabi yaqin taqibchisidan u qadar katta bo'lgan ochko hisobiga o'tib ketmagan. Aksincha chempionat tugashiga 7ta tur qolganida uchta jamoaning ochkosi bir xil ko'rinishda bo'lib turibdi.

SHu bois hozirdan ko'pchilik chempion qaysi jamoa bo'lishini jiddiy muhokama qila boshladi. “Andijon”, “Mashal” va “Istiqlol” jamoalari katta ishtiyoq bilan chempionlik sari intilmoqda. Ko'ramiz, yakunda “gold” futbolkalarni kiyib, chempionlikni tantana qilish kimga nasib etarkin...

PRO-Liganing “A” guruhida kurash shunday qizigan paytda PFLga taklifimiz bor. Gap shundaki, chempionlik uchun kurashayotgan jamoalarning o'yinlar vaqtini bir paytga belgilansa ayni muddao bo'lardi. SHunda “Mashal” asosiy taqibchisi “Andijon” yoki “Istiqlol”ning natijasiga qarab o'ynamasmidi. Masalan o'tgan turda shunday xolatga guvoh bo'ldi. CHempionat peshqadami “Andijon” 29-turni safarda “Norin”ga qarshi o'tkazdi. Mazkur bahs soat 15:30da boshlandi. Farg'onada “Istiqlol” – “Surxon” bahsi ham soat 15:30da start olgan bo'lsa, Muborakda kechgan “Mashal” – “SHo'rtan” o'yini 17:00da boshlangan. Tabiiyki vodiydagi o'yinlar natijasidan xabar topgan “gazchilar” o'z uyida “SHo'rtan” darvozasiga javobsiz 4ta to'p kiritib, bu orqali to'p nisbatini ham yaxshilab oldi hamda 2-o'ringa mustahkam o'rnashib oldi.

SHu munosabat bilan PFL sport bo'limi keyingi turlarda uchrashuvlarning boshlanish vaqtini bir paytga belgilasa maqsadga muvofiq bo'lardi.


Andijondan Furqat Abdiev

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика