Pro-ligada bu yil ham farm-klublar bo'ladi...mi?
16 fev 2018 10:05
Yangiliklar


Pro-ligada bu yil ham farm-klublar bo'ladi...mi?
Yaqin-yaqingacha pro-ligada endi farm-klublar ishtirok etmasligi haqida PFL tomonidan aytilib kelinayotgandi.
Super liga kabi pro-ligada ham har bir viloyatdan bittadan jamoaning chempionatda ishtirok etishini taminlash haqida aytib o'tilgandi.
Ammo bu borada O'zPFL hamon yakuniy qarorga kelib ulgurmagan ko'rinadi.
Aytishlaricha, joriy mavsumdan buyon pro-ligada ishtirok etish uchun Toshkentning ikki jamoasi - «Paxtakor-2» va «Bunyodkor-2» farm-klublari astoydil tayyorgarlik ko'rmoqda.
«Paxtakor-2» jamoasini bu yil pro-ligada katta ehtimol bilan Abdumajid Toirov boshqarib boradi. «Bunyodkor-2»ni esa o'tgan yili jamoa bilan shahar birinchiligida chempionlikni qo'lga kiritgan murabbiy Murod Otajonovning o'zi boshqaradi.
Aytishlaricha ushbu farm-klublarning pro-ligada ishtirok etishi deyarli hal bo'lib ulgurdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar