So’nggi yangiliklar

13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  1 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  9 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  7 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  11 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  14 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  11 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  13

Pro liga. Yuqori to'rtlik. Ikkinchi bosqich taqvimi Yangiliklar

Pro liga. Yuqori to'rtlik. Ikkinchi bosqich taqvimi

29 oktyabr kuni Coca Cola Superliga yo'llanmasi uchun kurashni davom ettiruvchi Pro liganing to'rt klubi nomi aniq bo'ldi: “Neftchi”, “SHo'rtan”, “Turon”, “Dinamo”.

O'zPFL kecha oqshom mazkur to'rt klub vakillari bilan onlayn yig'ilish o'tkazdi va taqvim borasida klublar takliflari bilan qiziqdi. Etibor qaratilsa, mazkur to'rt klubning ikkitasi Farg'onada va yana ikkitasi bir-biriga nisbatan yaqinroq bo'lgan Samarqand hamda G'uzorda joylashgan.

SHundan kelib chiqib, voha jamoalari vodiyga bir borishda ketma-ket ikki uchrashuvni o'tkazib kelishi, shuningdek, vodiy jamoalari ham bir safar davomida vohada ikki o'yinda ishtirok etishi moliyaviy tomondan engilroq variant deb topildi. Bu nafaqat mablag'ni, balki vaqtni ham nisbatan iqtisod qilish imkoniyatini beradi. SHuningdek, translyaciya masalasida ham engilliklar yaratadi.

Mazkur taklifdan kelib chiqib, qura tashlash marosimi onlayn tashkil etildi. Bunda avvaliga I davra uchrashuvlari vohada bo'lib o'tadimi yoki vodiyda masalasiga oydinlik kiritib olindi.

Keyin esa raqiblar ketma-ketligi aniqlab olindi. Bunda har ikki davraning dastlabki ikki turida jamoalardan biri translyaciya masalasidan kelib chiqib, tiklanish uchun ko'proq imkoniyatga ega bo'lardi. Aynan ko'proq imkoniyatga ega bo'lgan klub ko'p narsaga oydinlik kiritib berishi kerak bo'lgan so'nggi turni mehmonda o'tkazishi, tiklanish uchun kamroq vaqtga ega bo'lgan klub esa so'nggi turni o'z uyida o'tkazishiga avvaldan kelishilgandi. Qura bu masalaga ham oydinlik kiritdi.

Quyida noyabr oyidagi o'yinlar taqvimi bilan tanishib olishingiz mumkin. Musobaqaning tezroq tugashi shuning uchun ham kerakki, Pro liganing ikki jamoasi keyinroq O'zbekiston Coca Cola kubogida ishtirok etadi.

Malumot uchun, Pro liganing jon saqlab qolish yo'lida kurash olib boradigan jamoalarining keyingi taqvimi ertaga ishlab chiqiladi. Buning uchun bugun bo'lib o'tadigan “Xorazm” — “Zomin” uchrashuvi o'tkazib olinishi hamda uning vakillari O'zPFL bilan onlayn yig'ilishda ishtirok etishi kerak bo'ladi.

15-tur
5 noyabr, payshanba

DINAMO — TURON
6 noyabr, juma
SHO'RTAN — NEFTCHI

16-tur
9 noyabr, dushanba

SHO'RTAN — TURON
10 noyabr, seshanba
DINAMO — NEFTCHI

17-tur
14 noyabr, shanba

DINAMO — SHO'RTAN
15 noyabr, yakshanba
TURON — NEFTCHI

18-tur
19 noyabr, payshanba

TURON — DINAMO
20 noyabr, juma
NEFTCHI — SHO'RTAN

19-tur
23 noyabr, dushanba

NEFTCHI — DINAMO
24 noyabr, seshanba

TURON — SHO'RTAN

20-tur
29 noyabr, yakshanba

NEFTCHI — TURON
SHO'RTAN — DINAMO

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика