So’nggi yangiliklar

23:32"Барселона" яна Рэшфорд билан музокараларни бошлади  5 22:35Рэшфорднинг келажаги бўйича музокаралар келаси ҳафта бўлиб ўтади. Маркус МЮ ва Аморимнинг режаларига кирмаслигини қабул қилди  5 21:59Суперлига. Пешқадам "Насаф" Самарқандда жанговар дуранг қайд этди  106 21:57Суперлига. "Пахтакор" гол инобатга олинмаган ўйинда "Навбаҳор"ни мағлуб этди  216 21:41"Ал Ҳилол" Тео учун 20+5 млн евро таклиф қилди. "Милан" 25 млн олмоқчи  6 20:58"Бавария" ва "Ливерпуль" француз иқтидори учун баҳслашади  7 20:18Сергей Чигодаев: "Вазиятларимиз жуда ҳам кўп бўлди, лекин уларни голга айлантира олмадик"  6 19:25Халқаро турнир. Ўзбекистон U-16 иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  11 19:17"Пахтакор" — "Навбаҳор". Таркиблар маълум  7 18:43Ўзбекистонлик футболчи Россия Медиалигасини ёндирмоқда  2 18:13"Арсенал" янги музокаралардан сўнг Гёкереш трансферига яқинлашди. Ҳужумчи "Спортинг"ни тарк этмоқчи  10 17:45Тимур Кападзе: "CAFA - яхши турнир бўлади. Ҳали шартномам янгиланмади"  34 17:10Котрина Кулбите: "Нима бўлганда ҳам биз йўлланмани қўлга киритдик"  2 16:46"Бунёдкор" "Андижон"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 16:35Футболчиларимиз Осиё чемпионати йўлланмаси қўлга киритилганидан сўнг нималар деди?  3

Pro liga yozgi tanaffusdan avgustda qaytadi, jamoalarda imkoniyatlar qanday? Yangiliklar

Pro liga yozgi tanaffusdan avgustda qaytadi, jamoalarda imkoniyatlar qanday?

Teglar :  Pro Liga
O'zPFL matbuot xizmati Pro ligada 4 avgust sanasiga qadar yozgi tanaffusga chiqqanligini malum qildi.

Ayni vaqtga qadar mazkur chempionatda 13 ta tur uchrashuvlari yakuniga etdi. Joriy mavsum yakunida Pro ligada birinchi va ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan jamoalar to'g'ridan-to'g'ri Superliga yo'llanmasiga ega chiqishlari belgilab qo'yilgan. SHuningdek uchinchi o'rin sohibi esa Superligani 12-o'rinda tugatgan jamoa bilan pley-off uchrashuvida maydonga tushishi kerak. Ushbu o'yin avvaldan malum qilinganidek Pro liga vakili maydonida o'tkaziladi. 




Ortda qolgan 13 ta turdan so'ng chempionatda jami 26 ochko jamg'argan xolda Toshkentning "Olimpik" klubi peshqadam bo'lib turibdi. Temur Kapadze shogirdlari hisobida 8 g'alaba, 2 durang va 2 mag'lubiyat bor, yani jamoa hozirga qadar 12 ta o'yinda maydonga tushgan. Farg'onaning "Istiqlol" klubi musobaqani erta yakunlagani bois, turlar va o'yinlar sonida tafovutlar yuzaga kelayotganini siz ham sezdingiz albatta. "Olimpik" raqiblari darvozasini 26 bor ishg'ol qilgan bo'lsa, 7 bor o'z darvozasidan to'p olib chiqqan.

Farg'onaning "Neftchi" klubi ayni vaqtda jami 25 ochko bilan Pro ligada ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Ilhom Mo'minjonov shogirdlari 11 ta o'yinda maydonga tushib 8 g'alaba, 1 durang, 2 mag'lubiyat qayd etganlar. To'plar nisbati 26-6, raqiblar darvozasi 26 bor ishg'ol etilgan, 6 marta o'z darvozalaridan to'p olib chiqishgan. "Neftchi" Pro liganing ortda qolgan davrida eng kam gol o'tkazgan jamoa bo'lib turibdi.

Ayni vaqtda Mirislom Hasanov jamoa bosh murabbiyi sifatida qayd etilayotgan "Buxoro" chempionatda 12 ta o'yinda 7 g'alaba, 1 durang va 3 mag'lubiyat qayd etgani xolda 23 ochko jamg'argan. Buxoroliklarda to'plar nisbati 21-12, raqiblar darvozasiga 21 ta to'p kiritilgan, 12 ta gol o'tkazib yuborilgan.

Samarqandning "Dinamo" klubi ayni vaqtda Pro liganing to'rtinchi jamoasi bo'lib turibdi. Xakim Fuzaylov shogirdlari 11 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta g'alaba va 4 mag'lubiyat bilan jami 21 ochko jamg'arganlar. Qiziq fakt shuki, "Dinamo" joriy mavsumning ortda qolgan qismida durang o'ynamagan yagona jamoa bo'lib turibdi. Samarqandliklarda to'plar nisbati 19-14, tushunganingizdek 19 ta gol urilgan, 14 ta o'tkazib yuborilgan.

Pro ligada kuchli beshlikni ayni vaqtda Urganchning "Xorazm" klubi yakunlab bermoqda. Aleksandr Ejov bosh murabbiyligidagi jamoa chempionatda 11 ta o'yin o'tkazib 3 g'alaba, 4 durang va 4 mag'lubiyat qayd etgani xolda jami 13 ochko jamg'argan. To'rtinchi va beshinchi o'rindagi jamoalar o'rtasidagi 8 ochkolik farqni siz ham sezdingiza? Xorazmliklarda to'plar nisbati 15-16, raqiblarga darvozasiga 15 ta to'p kiritilgan, 16 ta gol o'tkazib yuborilgan, yani -1 ko'rsatkich.

CHempionatning oltinchi jamoasi bu - Nukusning "Aral Samali" klubi bo'lib turibdi. Timur Turdiev shogirdlari 12 ta o'yinda 3 g'alaba, 4 durang, 5 mag'lubiyat bilan jami 13 ochko jamg'arganlar. To'plar nisbati 15-22, jami 15 ta gol urilgan, 22 ta to'p o'tkazib yuborilgan, yani -7 ko'rsatkich.

Azamat Abduraimov bosh murabbiyligidagi "Yangier" 12 ta o'yinda 3 g'alaba, 3 durang va 6 mag'lubiyat qayd etgani xolda jami 12 ochko bilan ettinchi pog'onani egallab turibdi. Yangierliklarda to'plar nisbati 9-17, raqiblar darvozasi 9 bor ishg'ol etilgan, 17 ta gol o'tkazib yuborilgan. Bu boradagi ko'rsatkich -8 ni tashkil etmoqda.




Pro liganing sakkizinchi jamoasi ayni damda "Oq-tepa" bo'lib turibdi. Toshkentliklar 11 ta o'yinda 1 ta g'alaba, 4 durang, 6 mag'lubiyat bilan 7 ochko jamg'arganlar. To'plar nisbati 11-23, jamoa ortda qolgan turlar davomida 11 bor gol kiritgan bo'lsa, 23 marta o'z darvozalaridan to'p olib chiqqanlar, - 12 ko'rsatkich.

G'uzorning "SHo'rtan" klubi joriy yilgi chempionatda o'zining eng yomon mavsumini o'tkazayapti deb aytsak mubolag'a bo'lmasa kerak. Transfer taqiqlari tufayli kamtarona tarkib bilan harakat qilayotgan jamoa 12 ta o'yinda 1 g'alaba, 2 durang va 9 ta mag'lubiyat qayd etgani xolda jami 5 ochko jamg'argan. To'plar nisbati 4-29, raqiblari darvozasi 4 bor ishg'ol qilingan, 29 ta o'tkazib yuborilgan. "SHo'rtan" ayni vaqtda Pro ligada eng ko'p gol o'tkazib yuborgan jamoa bo'lib turibdi.

To'purarlar poygasida "Neftchi" legioneri Marko Obradovich 9 ta gol bilan peshqadamlik qilmoqda. "Olimpik" safida joriy mavsumning kashfiyot futbolchilaridan biri sifatida qaralayotgan Alisher Odilov hisobida 8 ta gol bor. Tajribali Ro'zimboy Ahmedov "Xorazm" safida hozirga qadar 7 ta gol urgan bo'lsa, "Buxoro" hujumchisi Davron Isaqovda ham xuddi shuncha gol bor. Keyingi o'rinda yana "Neftchi" vakili 5 ta gol bilan Sardor Abdunabiev turibdi, qizig'i u 5 ta golning barchasini bitta o'yinda urgan.



Bekzod Tolibov tayyorladi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика