Pro liga yangi mavsumiga qura tashlash marosimiga International Hotel Tashkent mezbonlik qiladi
10 mar 2021 13:10
Yangiliklar


Pro liga yangi mavsumiga qura tashlash marosimiga International Hotel Tashkent mezbonlik qiladi
Pro liganing 2021 yilgi mavsumiga qura tashlash marosimi 12 mart kuni o'tkazilishi haqida xabar berilgandi.
U International Hotel Tashkent mehmonxonasida bo'lib o'tadi hamda 18:30 dan boshlab Futbol-TV telekanali orqali jonli efirga uzatiladi.
Marosimda Pro liga klublari bosh murabbiylari, sardorlari hamda klub rahbarlari ishtirok etadi. SHuningdek, unda O'zPFL akkreditaciyasiga ega OAV vakillari ham ishtirok etishlari mumkin.
Malumot o'rnida aytib o'tish joiz, joriy mavsum Pro ligada "Neftchi", "Buxoro", "Dinamo", "SHo'rtan", "Yangier", "Olimpik", "Aral Samali", "Oq-tepa", "Xorazm", "Istiqlol" jamoalari ishtirok etadi.
O’xshash yangiliklar
22:23
Tebas "Barselona" yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishga hali tayyor emasligini malum qildi 5

Fikrlar