Pro liga. "Turon" mashg'ulotlari davom etmoqda, kayfiyat alo, ertaga "Neftchi"ga qarshi o'yin
12 iyu 2020 15:40
Yangiliklar


Pro liga. "Turon" mashg'ulotlari davom etmoqda, kayfiyat alo, ertaga "Neftchi"ga qarshi o'yin
Islom Ismoilov boshchiligidagi Yaypanning "Turon" jamoasining PRO-Liga yangi mavsumiga tayyorgarlikni davom ettirilmoqda.
Mashg'ulotlar klub qarorgohidagi asosiy va zahira maydonlarida sanitariya-gigiena qoidalariga amal qilingan xolda tashkil etilmoqda.
9-iyun kuni Superliga vakili Namanganning "Navbahor" jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvi o'tkazgan yaypanliklarning navbatdagi raqibi Farg'onaning "Neftchi" jamoasi bo'ladi. Ushbu bahs ertaga soat 17:30 da Qirgulidagi "Neftchi" sport majmuasi o'yingohida tashkil etiladi. Karantin talablariga ko'ra, mazkur bellashuv muxlislar ishtirokisiz o'tkaziladi. Quyida jamoaning kechagi mashg'ulotlaridan olingan fotosuratlarni tomosha qilishingiz mumkin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar