So’nggi yangiliklar

12:25Жеррард: "Руни бир ўзи рақибнинг бутун бошли ҳимоясига босим ярата оларди"  0 12:16Фабио Каннаваро ҳикояси: Копток узатувчиликдан "Олтин тўп"га қадар йўл  0 12:00Championat.asia ва Transfermarkt Суперлиганинг сентябрь ойидаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади   1 10:55Криштиану Роналду: "Мақсад жаҳон чемпионатига чиқиш ва унда ғалаба қозониш"  17 10:25Осиё Кубоги-2011. Жепаров ва Шацкихнинг голлари Кувайт устидан ғалаба келтирган оқшомни ёдга оламиз  4 10:04"Интер Майами" Албанинг ўрнига "Реал" собиқ футболчини олиб келмоқчи  4 09:31"Истанбул Башакшехир" қишда РПЛдан ҳужумчи олиб келмоқчи  4 09:00"Реал" ва "Барселона" Германия МТЖ ҳимоячиси учун курашмоқда  1 08:33ПСЖ "Барселона" футболчиси учун трансфер рекордни янгилашга тайёр  7 08:06МЮ Бруну бўйича бир қарорга келди  6 07:41Фабрицио Романо: "Ал Иттиҳод"нинг янги бош мураббийи маълум  0 01:57Ўзбекистон терма жамоаси янги мураббий қўл остида илк машғулотини ўтказди  25 00:49Мбаппе жароҳат сабаб Франция терма жамоаси билан машғулот ўтказмади  3 00:18Рональд Куман Натан Аке "Ман Сити"ни тарк этиши лозимлигини айтди  0 23:47Жейми Каррагер: "Аморимнинг янги йилгача ишдан хайдалиши муқаррар"  2

Pro liga. SHiddat poyoniga etmagan quyi to'rtlik haqida Yangiliklar

Pro liga. SHiddat poyoniga etmagan quyi to'rtlik haqida

Pro liganing yuqori to'rtligi haqida kecha fikrlashgan edik. Endi navbat quyi to'rtlikdan yani Pro ligada qolish uchun harakat qiladigan jamoalarning dastlabki bosqichdagi ishtiroki haqida to'xtalamiz

Demak, ligada qolish uchun "Istiqlol", "Oq-tepa", "Xorazm", "Zomin" jamoalari bellashadi. Ishoning bu erda ham hali hech narsa hal bo'lmagan, intriga yuqori, jamoalar o'rtasidagi ochkolar farqi ham katta emas. 

"Istiqlol" - Anvar Berdiev ustozligidagi "Istiqlol" jamoasi mavsum o'rtasida malum sabablarga ko'ra tarqatib yuborilgan, klub faoliyati ham tugatilgan edi. Biroq, Hayrulla Hayitboevich Bozorovning Farg'ona viloyati hokimi etib tayinlangach barchasi butkul o'zgardi. Klub tiklandi va Pro ligadagi ishtirokini davom ettiradigan bo'ldi. Masuliyatni o'z zimmasiga olgan Anvar Berdiev jamoada qolgan futbolchilar bilan birga ligadagi ishtirokini davom ettirdi. Bunday sharoitda ularga oson emasdi. Jamoa mana shu qiyin holatda ham chiroyli o'yin ko'rsatish bilan birgalikda bir nechta ochkolarni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. "Dinamo" bilan o'z maydonida kechgan uchrashuvda oxirgi daqiqalarda o'tkazib yuborilgan gol hisobiga alamli mag'lubiyatga uchradi. SHunga qaramasdan yuqori to'rtlikka kirish uchun oxirigacha kurashdi. Anvar Berdiev jamoada o'yinni to'g'ri yo'lga qo'yishga harakat qilmoqda, "Istiqlol" ishtirokidagi o'yinlarni ko'radigan bo'lsak maydonda tartib bilan harakat qilayotganini, har bir poziciya vakillari o'z vazifasini bajarayotganiga va muhimi so'nggi soniyaga qadar kurash olib borayotganiga guvoh bo'lamiz. Jamoa hozirda 22 ochko jamg'argan, Pro ligada o'z o'rnini saqlab qolish uchun imkoniyati yuqori.

"Oq- tepa" - Mavsumni juda yaxshi boshlagan, kubok bahslarida ham kerakli natijani qayd etgan holda guruh bosqichiga yo'l olgan "Oq-tepa" jamoasini ikkinchi davrada umuman tanib bo'lmadi. Buni esa davralar oralig'ida jamoani etakchi futbolchilar ketgani bilan bog'lashimiz mumkin. Erkin Jabborov, Maksimilyan Fomin, Ibrohim Tomiva va hokazo. Natijada tarkib keskin ravishda yoshardi. Aksariyat uchrashuvlarda jamoaga o'yinni qo'liga oladigan etakchi etishmadi. Boz ustiga jamoaga kelgan ispaniyalik murabbiyning uslubi va falsafasini futbolchilar tushunib olishi uchun ham vaqt kerak bo'ldi. Biroq, so'nggi ikki turda ko'rdikki jamoaning o'yinida biroz o'zgarish ko'zga tashlanmoqda. Safarda "SHo'rtan" mag'lub etildi, "Istiqlol" bilan o'yinda esa qulay vaziyatlardan foydalana olishmadi. Jamoa boshlig'i Alisher SHog'ulomovning takidlashicha hozirda natija muhim emas, asosiy etibor o'yinni to'g'ri yo'lga qo'yigan holda navbatdagi mavsumga tayyorlanish. Jamoa Pro ligada qolishni uddasidan chiqa olsa keyingi mavsumda biz yanada kuchli "Oq-tepa"ni ko'ramiz.

"Xorazm" - Mavsum startida ketma-ket mag'lubiyatlar qayd etgan "Xorazm" o'zi uchun begona bo'lmagan murabbiy Aleksandr Ejovni taklif qildi. Buning samarasi esa ko'p kuttirmadi. Jamoa o'yinida mazmun va murabbiyning imzosi paydo bo'la boshladi, uning ketidan esa natijalar yaxshilanib bordi. O'z maydonida "Oq-tepa" va "SHo'rtan" mag'lub etildi, "Neftchi" bilan durang o'ynadi. Biroq, jamoaga birinchi davrada yo'qotilgan ochkolar pand berdi. Ejov mahalliy yosh futbolchilardan qanday foydalanishni bilyapti. Bu esa uning yutuq tomonlaridan biri hisoblanadi. 

"Zomin" - Joriy mavsumni barqaror o'tkaza olmagan "Zomin" jamoasini mavsum o'rtasida Jahongir Jiyamurodov tark etdi, shuning bilan birga bir qator futbolchilar ham. Bu esa albatta o'z tasirini o'tkazmay qolmadi. Hozirda jamoani yosh murabbiy Jahongir Abdurashidov boshqarmoqda. Tarkibda esa mahalliy yoshlar ko'pchilikni tashkil qiladi. Bir jamoani shakllanishiga esa malum vaqt kerak bo'ladi. Hozirda turnir jadvalining so'nggi pog'onasida ketayotgan klub hali umidini butkul uzganicha yo'q. 14-turda "Xorazm"ni mag'lub etgan "Zomin" ochkolar orasidagi farqni bittaga qisqartira oldi. SHundan ham bilsa bo'ladiki navbatdagi bosqichda ham haqiqiy kurash ko'ramiz. Axir hech kim oxirgi o'rinni egallashni istamaydi. 

Mana shunday shiddat taqdim qilayotgan barcha jamoalarga hal qiluvchi pallada omad tilab qolamiz!

Abdulaziz Iskandarov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика