So’nggi yangiliklar

04:48Париж-2024. Ўзбекистон гуруҳ босқичида барча жамоалар ичида қандай кўрсаткичлар қайд этди?   7 00:32Расман: "Милан" Павлович трансферини эълон қилди  1 00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  11 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  1 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  3 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  8

PRO-liga. “SHerdor” qiyin kechgan o'yinda muhim 3 ochkoni qo'lga kiritdi Yangiliklar

PRO-liga. “SHerdor” qiyin kechgan o'yinda muhim 3 ochkoni qo'lga kiritdi

16-turda Samarqandning “SHerdor” jamoasi Jizzaxning “Zomin” klubini qabul qildi.

Bu ikki jamoaning 3-turda Zominda bo'lib o'tgan uchrashuvida maydon egalari muxlislari ko'z o'ngida “sherlar”ga 0:2 hisobida mag'lub bo'lgandi. O'sha o'yindagi alamli mag'lubiyat uchun o'ziga xos revansh olish maqsadida zominliklar Samarqandga jangovor tarkibi bilan tashrif buyurdi. “SHerdor” jamoasi ushbu uchrashuvga “G'ijduvon”dagi mag'lubiyatdan tegishli xulosa chiqargan holda maydonga tushishdi.

Uchrashuv hech kim kutmagan holatda boshlandi. “Zomin” jamoasi birinchi daqiqasidayoq gol urib qo'ydi. O'tkazib yuborilgan goldan so'ng “SHerdor” futbolchilari bir necha daqiqa o'zlarini yo'qotib qo'ygandek bo'lishdi. Taxminan 10 daqiqadan so'ng “sherlar” o'ziga kelib olishdi. Jamoaning ketma-ket amalga oshirgan hujumlari o'z mevasini berdi. Uchrashuvning 20-daqiqasida Sanjar Axmedov hujumdagi sherigi Abdulla Nabievning chiroyli to'p uzatmasini golga aylantirdi. Hisob 1:1.

Birinchi bo'limning qolgan daqiqalarida har ikkala jamoa vakillarida bir qator qulay imkoniyatlar yaratildi. Biroq jamoalar shu hisob bilan tanafusga chiqishdi.
Ikkinchi bo'lim Baxtiyor Sattorov boshchiligidagi jamoa ustunligi bilan boshlandi. “Zomin” ikkinch bo'limda iloji boricha shu hisobni ushlab qolish uchun harakat qildi. Samarqandliklar esa birinchi bo'limda bo'lganidek, hujum qilishda to'xtamadi. Ammo bazi vaziyatlarda so'ngi nuqtani qo'yishda biroz omad etishmadi.  

“SHerdor” bosh murrabiyi hujumni yanada shiddatli tus olishi uchun bir qator o'zgarishlarni amalga oshirdi. Maydonga Bekzod Ro'zmatov, G'olibjon Sariboev, SHerbek SHukurov, Faxriddin Alimov va Muni Mirmuhsin Yusupovlar tushirildi. O'yinga tushgan yangi kuchlar ko'p kuttirmay o'z samarasini berdi.

Xususan, uchrashuvning 70-daqiqasida “SHerdor”ning “sehirli tayoqchasi”ga aylanib borayotgan Faxriddin Alimov to'p uchun kurashda raqib himoyachisini aldab, “Zomin” posboni dog'da qoldirgan holda hisobni 2:1 ko'rinishiga olib keldi.

Qolgan daqiqalarda samarqandliklar hisobni yirik ko'rinishiga olib kelishi uchun bir necha bor imkoniyatga ega bo'lishdi. Dastlab, Bekzod Ro'zmatov darvozabon bilan birga-bir chiqdi. U yuz foizlik imkoniyatda darvozabon ustidan oshirib tepgan to'pi shundoqqina darvoza to'sini yonginasidan o'tib ketdi. Oradan ozgina vaqt o'tganidan so'ng Muni Mirmuhsin Yusupovda ham xuddi shunday vaziyat yuzaga keldi. Yusupov ham darvozabon bilan birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi.

Uchrashuv tugashiga sanoqli daqiqalar qolganida mehmonlar hisobni tenglashtirish uchun bir necha bor hujumlarni amalga oshirdi. Ammo yakuniy zarbani berishda xatoliklarga yo'l qo'yishdi.

Juda qiyin kechgan uchrashuvda 2:1 hisobida g'alaba qozongan “SHerdor” qimmatli 3 ochkoni qo'lga kiritib turnir jadvalidagi o'rnini yanada mustahkamlab oldi. Jamoa navbatdagi 17-turda safarda “B” guruhi peshqadami “Nurafshon” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 25 iyun kuni bo'lib o'tadi.


PRO liga 16-tur. 21 iyun.
“SHERDOR” – “ZOMIN” 2:1
Samarqand. “Dinamo” stadioni. 421 tomoshabin.
Hakamlar:
Olim Tolibjonov, Jamoliddin Najmiddinov, Rustam CHoriev, Aziz Axtamov.
Nazoratchi – Valentin SHashkov.
Komissar – Erkin Baxtiyorov.
Ogohlantirishlar: Bekzod Ro'zmatov (76) – Azamat Abdullaev (80).
CHetlatishlar: G'olib Sariboev (o'yindan so'ng), SHahboz Abdurahimov (o'yindan so'ng).
Gollar: Doston Toshmatov, 1 (0:1). Sanjar Ahmedov, 20 (1:1). Fahriddin Alimov, 70 (2:1).
“SHerdor”: SHuxrat Murodov, Farzin Muxtorov, Mirjalol Lokaev, Umar Navro'zov (G'olibjon Sariboev, 59), Farhod Safarov (SHerbek SHukurov, 59), Furqat Rahmonov, Akbar Siddiqov, Abdulla Nabiev, Sanjar Ahmedov, Muhammad Rajabov (Bekzod Ro'zmatov, 52), Asomiddin Mamatov (Fahriddin Alimov, 64).
“Zomin”: Nodir Hamidov, Azamat Abdullaev (Qalandar Qudratov, 86), Eldor Karimov, SHerzod Jalilov, Tursunmurod Hamdamov, Lutfulla Fayzullaev (Jonibek Ko'chimov, 57), Durbek Kamolov, Behruz Do'stmurodov, Doston Toshmatov, SHohjaxon Abbosov (G'ayrat Umarov, 64), SHahboz Abdurahimov.


"SHerdor" matbuot xizmati


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика