Pro liga. Braziliyalik futbolchi gol urgan bahsda "Buxoro" "Oq-tepa"ni mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
23 mar 2021, 17:55
Pro liganing 1-turidan o'rin olgan "Oq-tepa" - "Buxoro" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

 

O'yinning 54-daqiqasida mehmonlar chap qanotdan hujumga o'tishdi, Rustam Abduhamidovning uzatgan to'pi himoyachilardan o'tib ketdi va Amirjon Safarov yaqin masofadan gol urib hisobni ochdi - 0:1. 

74-daqiqada "Buxoro" yana chap qanotdan hujum qildi, jarima maydoniga uzatilgan to'p Shavkat Salomovga bordi, uning to'p uzatishidan keyin Fayzullo Jumonqo'ziev yaqin masofadan gol urdi - 0:2. 

81-daqiqada "Oq-tepa"ning hujumi gol bilan tugadi. Kolumbiyalik Xuan Ospinaning to'p uzatishidan keyin birga bir vaziyatga chiqqan Gilerme Da Silva darvozani ishg'ol qildi - 1:2.


Pro liga, 1-tur
23 mart, seshanba
16:00 - OQ-TEPA – BUXORO - 1:2
Hakamlar
: Doston Mirzaraimov, Oybek Kallaxo'jaev, Hasan Nabiev
Nazoratchi: Sulton Zaylobiddinov
Komissar: Sardor Qudratullaev

Gollar: Amirjon Safarov 54, - 0:1 (Rustam Abduhamidov). Fayzullo Jumonqo'ziev 74, - 0:2 (Shavkat Salomov). Gilerme Da Silva 81, - 1:2 (Xuan Ospina).


"Oq-tepa": 12.Umidjon Hamroev, 4.Samuel Opeks, 5.Aziz Pirmuhammedov, 6.Sunnatilla Mamadaliev, 7.Sherzod Qodirov, 8.Hazratjon Tursunqulov, 9.Talgat Nigmatullin, 11.Song Longji, 20.Olimjon Karimov, 22.Ubaydullo Xalikulov, 96.Shohjahon Qilichev.

"Buxoro": 20.Sardor Qobuljonov, 6.Bobur Qosimov, 10.Shavkat Salomov, 11.Sanat Shixov, 13.Amirjon Safarov, 14.Rustam Abduhamidov, 15.Shohruh Xolmatov, 16.Alisher Sanoev, 18.Qahramon Bahodirov, 65.Marko Milich, 77.Fayzullo Jumonqo'ziev.


Uchrashuvdagi barcha gollarni telegramdagi kanalimizda tomosha qilish mumkin: GOLLARNI KO'RISH




O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia