Pro liga. "Turon" Superligada!
01 dek 2020 15:55
Yangiliklar


Pro liga. "Turon" Superligada!
Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin.
Pro liga, 20-tur.
NEFTCHI – TURON 0:1
1 dekabr 2020 yil. Farg'ona. "Istiqlol" stadioni. 14:00 (Yakunlandi)
Hakamlar: SHavkat Nasibullaev, Rishat Nugmanov, Doniyor Saylavov
Nazoratchi: Igor Nexochin
Komissar: SHohruh Said.
Gol: Asilbek Qayumov 81, 0:1
"Neftchi": 35. SHerzod Abduraimov, 4. Mirjalol Nematov, 9. Otabek Zokirov, 10. Islom Toshpo'latov, 13. Jamshid Qobulov , 17. Doston Toshmatov, 18. Javohir Rasulov, 20. Dilyorbek Ermatov(S), 27. Doston Avazbekov, 34. Rustam Abduxamidov, 38. Umar Adhamzoda
Zaxira: 21. Farrux Turdaliev, 3. Timur Sultonov, 5. Eldor Ergashev 6. Muhammadaziz Obidjonov, 7. Mansur Saidov, 9. Otabek Zokirov, 31. Pavel Smolyachenko, 77. Sanjarbek Zokirov, 93. Anvar Hojimirzaev. 98.Jamshid To'raqulov.
"Turon": 87. Akmal Ortiqov, 2. Abdulazizxon Abdurashidov, 4. Sunnatillo Ermatov, 5. Oybek Ahmatov, 10. Javohir Sohibov (S), 14. Doniyor Ismoilov, 17. Doston Meliqo'ziev, 18. Asliddin Toshtemirov, 22. G'olibbek Sariboev, 25. Ismoil Oxunjonov ,77. Bilol Toshmirzaev.
Zaxira: 1. Mirzohid Jalilov, 59. Amal SHavketov, 7. Umidjon Qodirov, 8. Bahodir Akramov, 11. Asilbek Qayumov, 15. SHoxruhbek Xolmatov, 23. Xurshidbek Asqaradiev, 71. Mirjalol Mirzaev
SHu bilan birga joriy mavsumdagi Pro liga bahslari yakuniga etdi. "Turon" 38 ochko bilan birinchi o'rinni egalladi. "Neftchi" esa 37 ochko bilan ikkinchi pog'onadan joy oldi.
Uchrashuv yakunlandi. "Turon" Superligada!
90+4 . Anvarjon Hojimirzaevning jarimadan yo'llagan zarbasi havfli ko'rinish oldi.
90. Uchrashuvning ikkinchi bo'limiga besh daqiqa qo'shib berildi.
89. O'zgarish. Abdulazizxon Abdurashidov o'rniga SHohruh Holmatov maydonga tushdi
82. Asilbek Qayumov, hisobni oshirishi mumkin edi. Qanday qulay imkoniyat yuzaga kelgandiyayayayayaya. Exxxxxx
Uchrashuv davom etadi. So'nggi daqiqalarda haqiqiy kurash kechmoqda. "Neftchi" javob golini urishga harakat qilmoqda.
81. Goooooooolllll. Va nihoyat uchrashuvda hisob ochilmoqda. "Turon" futbolchisi Asilbek Qayumov raqib himoyasidagi palapartishlikdan foydalanib gol urmoqda1:0.
77. Vaqt o'tib bormoqda. Lekin goldan hamon darak yo'q, 0:0.
"Turon"da ham o'zgarish. Oybek Axmatov, Javohir Sohibov o'rniga Asilbek Qayumov va Umidjon Qodirov o'yinga qo'shildi.
66. O'zgarish. "Neftchi" jamoasida Otabek Zokirov, Dostonbek Toshmatov o'rniga Anvarjon Hojimirzaev va Jamshidbek To'raqulov tushdi.
Mazkur uchrashuvdagi durang natija "Neftchi"ga to'g'ridan to'g'ri Superliga eshiklarini ochadi. "Turon"ni esa faqat g'alaba qoniqtiradi.
50. Uxxxxxx. "Turon"da gol urish uchun yana bir imkoniyat. Javohir Sohibovdan noaniq zarba.
SHiddat yuqori, hech kim mag'lub bo'lishni istayotgani yo'q.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!
45. Tanaffus. Birinchi bo'lim yakunlandi.
43. "Turon" jarima to'pi ishladi. Lekin zarba noaniq. Uchrashuvda temp yana oshdi.
41. O'zgarish! "Neftchi" tarkibida Javohir Rasulov o'rniga Eldor Ergashev o'yinga qo'shildi.
37. "Neftchi"ning hujumiga aniqlik etishmadi.
33.Uchrashuv bosh hakami SHavkat Nasibullaev "Turon" bosh murabbiyi Islom Ismoilovni og'zaki ogoxlantirdi.
32. Maydon egalarida ajoyib vaziyat yuzaga keldi, yakun samarasiz.
26. Jamoalar navbatma navbat hujumga uyushtirishmoqda.
22. Vauuuuu. "Turon" yana bir ajoyib vaziyatni ko'kka sovurdi. Deyarli bo'sh darvozaga gol ura olishmadi.
Maydonda shiddat nihoyatda yuqori. Temp bir daqiqaga bo'lsada so'ngani yo'q.
16. Javohir Sohibooovvv 11 metrlik nuqtadan zarba yo'llashda adashdi. Darvozabon SHerzod Abduraimov qaytardi. Uxxx, yaypanliklar hisobni ochishga juda juda yaqin kelgandi. O'yin davom etadi.
14. Maydonda daxanaki jang boshlanib ketdi. "Turon" futbolchisi Bilol Toshmirzaevga qizil kartochka ko'rsatilishi kutilgan edi. Biroq hakam Asliddin Toshtemirov va SHerzodbek Abduraimovga sariq kartochka ko'rsatdi.
13. Penaltiiiii. "Turon" foydasiga, jarima maydonchasida Doniyor Ismoilovga qo'pollik ishlatildi.
12. Qandaay vaziyat? Uxxxxx. "Turon" hisobni ochishi mumkin edi. Abdulazizxon Abdurashidooovda juda qulay vaziyat yuzaga keldi
10. Seeeeyvvvvv. Akmal Ortiqooooovvvv.
6. Ogoxlantirish. Javohir Sohibovga sariq kartochka ko'rsatildi.
3. Mehmonlar tomonidan amalga oshirilgan jarima to'pini "Neftchi" himoyachilari bartaraf etdi.
Umad Adxamzodaga qarshi "Turon" futbolchisi qo'pollik ishlatdi.
1. Uchrashuvga start berildi.
O'zbekiston madhiyasi yangramoqda. Qiziq, odatda mavsum yakunida uchrashuvlar yakunlangach madhiya yangrar edi.
Demaaak boshladik! Jamoalar O'zPFL madhiyasi sadolari ostida maydonga chiqib kelishmoqda.
Yil o'yini boshlanishi arafasida. Bugungi uchrashuv futbol afsonasi Diego Armando Maradona vafoti munosabati bilan bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi.
Ikkinchi bosqich doirasidagi "Turon" - "Neftchi" bahsida mehmonlar zafar quchishgan. Mirjalol Nematov va Dostonbek Toshmatovning gollariga mezbonlar javob bera olishmagan - 0:2.
14-tur doirasida kechgan "Neftchi" - "Turon" o'yini ham 1:1 hisobi bilan tugagan. Bu safar yaypanliklar vakili Sunnat Ermatov hisobni ochgan, so'nggi daqiqalarda Sanjar Zokirov hisobni tenglashtirgandi.
7-tur doirasida o'tgan "Turon" - "Neftchi" uchrashuvida 1:1 hisobi qayd etilgan. Mehmonlar hujumchisi Dostonbek Toshmatovning goliga mezbonlar safida Asilbek Qayumov javob bergandi.
Bu mavsum ushbu klublar hozirga qadar o'zaro uchta o'yin o'tkazishdi.
Uchrashuv boshlanishiga oz fursat qolmoqda.
Har ikki jamoa azolari kiyinish xonasiga yo'l olishdi.
Jamoalar chigalyozdi mashg'ulotlarni olib borishmoqda. "Istiqlol" stadioniga ko'plab muxlislar tashrifi davom etmoqda.
Bugun mag'lub jamoa bo'lmaydi. "Neftchi"ning elitaga qaytishini minglab muxlislar istashayotgan bo'lsa, "Turon" esa tashkil etilganiga ko'p bo'lmaganiga qaramasdan shu bosqichga qadar etib kelgani tahsinga loyiq.
Qishning sovuq haroratida jamoalar qaynoq o'yin bilan muxlislarga chinakam zavq bag'ishlashiga ishonamiz.
Ikki jamoada ham bugun bitta imkoniyat yoki "Neftchi" yoki "Turon" bugun Superliga yo'llanmasiga ega chiqadi. Pro ligada ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan jamoa esa Superligada 13-o'rinni egallagan jamoa bilan kuch sinashadi. Oldinda bizni haqiqiy final kutmoqda.
Assalomu aleykum qadrli futbol ishqibozlari. Nafaqat Pro liganing balki mavsumning eng shiddatli o'yini, mavsumning haqiqiy jangi "Neftchi" - "Turon" uchrashuvidan matnli translyaciyamizni boshlaymiz.
- Uchrashuv soat 14:00da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar