So’nggi yangiliklar

19:22"Динамо" "Ғазалкент"га қарши ўртоқлик ўйинида қатнашди: легионерлар ҳам майдонга тушди  0 19:04"Биз кўпроғига лойиқ эдик". Артета "Ливерпул"га қарши ўйинни таҳлил қилди  1 18:38Слот "Арсенал" билан дуранг нега орқага ташланган қадам эмаслигини тушунтирди  1 18:14Мармуш "Сити"дан кетмоқчи эмас  2 17:45Жаҳон чемпионатининг тўртта юлдузли иштирокчиси март ойида АҚШда учрашади  2 17:18Куни кеча "Сурхон"дан кетган мураббий Зейтуллаев штабида иш бошлади  1 16:57"Арсенал" етакчиси муаммога дуч келди  0 16:35Миржалол Қосимов: "Жон сақлаш учун курашгандан кўра ўйнамаган яхши"  6 16:17Ўзбекистонлик ҳакамлар Осиё Кубоги ўйинида ишлайди  1 15:50Саудия Арабистони гранди Брунуга йирик битим таклиф этмоқда  4 15:22"Арсенал" Англия терма жамоаси ҳимоячиси учун курашга қўшилди  2 14:56Карпенко "Бухоро"дан кетди  1 14:30Суперлиганинг 2025 йилдаги энг яхши мураббийи Қозоғистонда ишлайди  5 14:09​Расман: "Манчестер Сити" Семеньони сотиб олди  4 13:48Токотаев "Локомотив"да тиббий кўрикдан ўтолмади  11

Pro-Liga. “Istiqlol” - “Norin” uchrashuvi haqida Yangiliklar

Pro-Liga. “Istiqlol” - “Norin” uchrashuvi haqida

Pro-Liganing 34-turida “Istiqlol” jamoasi o'z maydonida “Norin”ni qabul qildi.

Uchrashuv “Istiqlol” futbolchilarining faol harakatlari bilan boshlandi. Birinchi bo'lim dastlabki daqiqalaridanoq mezbonlar hujumkor o'yin namoyish eta boshladilar. Mezbonlaring faol harakatlari evaziga uchrashuvda tezkor gol kiritilishi ham mumkin edi. Birinchi bo'limning 8-daqiqasida “Istiqlol”ning 14-raqamli yarim himoyachisi Rustam Abduhamidov tezkorlik bilan hujum tashkil etib, to'pni Hamidullo Abduhamidovga etkazib berdi, ushbu vaziyatda yosh hujumchining bosh bilan raqib darvozasi tomon yo'llagan zarbasi bir oz noaniq bo'ldi. Birinchi bo'lim asosan mezbonlarning xavfli hujumlari bilan yodda qolgan bo'lsa, o'z navbatida “Norin” jamoasi ham qarshi hujumlarni faol tarzda tashkil etdilar. Uchrashuvning 37-daqiqasiga kelib “Istiqlol”ning yosh hujumchisi Hamidullo Abduhamidov qanotdan etkazib berilgan to'pga ajoyib tarzda zarba berib, hisobn ochdi, 1:0. Birinchi bo'limda darvozalarga boshqa gol kiritilmadi va 1:0 hisobi bilan yakuniga etdi.



Ikkinchi bo'limni “Norin” jamoasi vakillari faol tarzda boshladilar. Tanaffusda murabbiylardan tegishli ko'rsatmalarni olib, maydonga chiqqan mehmon jamoa futbolchilari ikkinchi bo'limning dastlabki daqiqalaridanoq ketma-ket hujumlar tashkil etgan bo'lsalarda, samra keltirmadi. “Norin” jamoasi  vakillari bir necha bor jarima to'pi, burchak zarbasi tepish huquqiga ega bo'lgan bo'lsalarda, ular tomonidan yo'llangan zarbalarning hech biri mezbonlar darvozasidan joy olmadi. Aksincha uchrashuvning 78-daqiqasida “Istiqlol” futbolchilari tomonidan tashkil etilgan hujumni  mezbonlarning 17-raqamli futbolchisi Anvar Hojimirzaev samarali yakunlab, hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirib qo'ydi. Uchrashuv shu tariqa mezbonlarning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakuniga etdi.                                                  

PRO-liga
34-tur
“Istiqlol” – “Norin” – 2:0 (1:0)
Gollar: 
Hamidillo Abduhamidov (1:0), Anvar Hojimirzaev (2:0)
Hakamlar: V. Ceytlin, T.Galeev,  A.Sidorov.
Nazoratchi – I.Rahimov
Komissar – M.Saidqosimov.

“Istiqlol”: 12. Nodirjon Ashurmatov, 4. Jasur Ermamatov, 8. Sardor Sotvoldiev, 10. Elyor Akbarov, 11. Hamidullo Abduhamidov, 13. Timur Sultonov (s), 14. Rustam Abduhamidov, 18. Obid Jo'raboev, 21. Elyor Mamasoliev, 22. Sardor Telyakov, 30. Eldor Ergashev.
Zaxira: 1. Islom Abdullaev, 2. Aziz Madaliev, 5. Abduxoliq Qurbonov, 7. Rizo Ayvazov, 9. Rahimberdi Mamatkarimov, 17. Anvar Xojimirzaev, 20. Asilbek G'oibjonov.

“Norin”: 95. Barakatillo Isroilov, 5. Ulug'bek Xudoyberdiev (s), 7. Ahror Umarjonov, 8. Jafar Ismoilov, 9. Ulug'bek Xudoyorov, 10. Bahodir Murtazoev, 15. Ziynatullo Ikromjonov, 17. Fayzullo Jumanqo'ziev, 29. Baxtiyor Qosimov, 70. Sardor Qahhorov, 99. SHahzod Mamurjonov.
Zaxira: 4. Zufarjon Akbaraliev, 6. Islomjon Ismoilov, 16. Asilbek Turg'unboev, 19. Komiljon Tojiddinov, 30. Abduaziz Abduhamidov.


Bekzod Tolibov tayyorladi.



Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика