So’nggi yangiliklar

22:43Фоден мураббий бўлишни хоҳлайди  0 22:03Суперлига. "Навбаҳор" Наманганда ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этди ва жадвалдаги очколар фарқини қисқартириб олди  71 21:38"Милан" ёш испан футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 20:48"Барселона" чемпионлик учун қанча мукофот пули тўлаши маълум бўлди  12 20:18Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Мамелоди Сандаунс" - "Боруссия" Д. Асосий таркиблар маълум!  1 19:59Про-лига. "ФарДУ" тезкор гол эвазига "Олимпик"ни мағлуб қилди  0 19:23"Реал"га Родри керак  6 18:54"Манчестер Сити" Гвардиолага ўринбосар топиб қўйди  6 18:24Энцо Мареска: "Ўйин услубини ўзгартирамиз"  2 17:53Ислом Исмоилов: "Чили ва Боливия билан ўйинлар жуда керакли тажриба бўлди"  6 17:50Мавсумдаги энг яхши ўртача томошабинлар рейтинги эълон қилинди, Жанубий Америка етакчи, "Барселона" 35-ўринда  9 17:10"Бавария" "Барселона"дан Нико Уильямсни илиб кетишга тайёрланмоқда  2 16:02"Реал" ярим ҳимоячиси Алонсо билан келишмовчилик сабаб клубдан кетиши мумкин  16 15:25"Ливерпуль" Конате билан янги шартнома бўйича келишувга эриша олмаяпти, футболчига "Реал" қизиқиш билдирмоқда  3 14:55Левандовски 2026 йилнинг ёзида Саудия Арабистонига ўтиши мумкин  8

PRO-liga. “Iftixor” uzoq tanaffusdan so'ng o'z maydonida g'olib bo'ldi Yangiliklar

PRO-liga. “Iftixor” uzoq tanaffusdan so'ng o'z maydonida g'olib bo'ldi

PRO-Liga 12-turida “Iftixor” klubi o'z maydonida “Labsa”ni qabul qildi.

Uchrashuv “Iftixor” futbolchilarining shiddatli hujumlar ostida boshlandi. 10-daqiqada Dilmuhammad Xudoyberdiev mehmonlar darvozaboni bilan birga-bir chiqib bordi. Uning zarbasini esa “Labsa” posboni qaytardi.  “Iftixor” futbolchilari hujumkorlikni tobora oshirib borayotgan bir pallada, mehmonlar qarshi hujumda gol kiritishga muvaffaq bo'lishdi. “Labsa” futbolchisi Feruz Mo'yinov yaratilgan imkoniyatdan samarali foydalanib, hisobni 0:1 ko'rinishiga keltirib qo'ydi.

Uchrashuvning 20-daqiqasida “Iftixor”da qulay imkoniyat yuzaga keldi. Ilhom Aliboev endi raqib posboni bilan yakkama-yakka qolganiga qaramay, qulay imkoniyatni boy berdi. Birinchi bo'lim o'rtalariga kelib, tashabbus to'liq mezbonlar tomoniga o'tdi. Mezbonlarda ko'plab imkoniyatlar yuzaga kelgan bo'lsada, mehmonlar  darvozasi ishg'ol etilmadi. Birinchi taym 0:1 hisobida yakuniga etdi.

Ikkinchi bo'lim ham mezbonlar ustunligi ostida boshlandi. Mehmonlar esa o'z navbatida qarshi hujumlardan samara keltirishga harakat qilishdi.

Uchrashuvning 67-daqiqada “Labsa” futbolchisi Javohir SHodmonov mezbonlarning yosh futbolchisi SHuhrat O'rinboevga qarshi qo'pol o'ynagani uchun unga hakam tomonidan qizil kartochka ko'rsatildi.

Uchrashuvning 75-daqiqada mezbonlar penalti tepish huquqiga ega bo'lishdi. Penaltini esa Farrux Axunov aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi. Tablodagi hisob 1:1 ko'irinshni hosil qildi.

Uchrashuvning 83-daqiqasida “Iftixor”ning tajribali yarim himoyachisi Akmal Xolmatov raqib darvozaisiga gol kiritib, jamoasini oldinga olib chiqdi.2:1. Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda mezbonlar yana raqib darvozasiga gol kiritishdi. “Labsa” darvozasiga kiritilgan uchinchi gol muallifi Dilmuhammad Xudoyberdiev bo'ldi.
Uchrashuv 3:1 hisobida “Iftixor”ning g'alabasi bilan yakunlandi.



PRO-Liga.
12-tur.

«Iftixor» - «Labsa» - 3:1 (0:1)

Hakamlar
: A. Rahimov, J. Husniddinov, J. Najmiddinov, SH. Azamov.
Nazoratchi: E. Musaev.
Komissar: B. Aripov.
Gollar: Farrux Axunov 75 (pen), Akmal Xolmatov 83, Dilmuhammad Xudoyberdieav 90+3,Feruz Mo'yinov 12.
“Iftixor”: 1. I. Jumanov, 5. M. Tursunov, 7. O. Muhiddinov, 8. A. Xolmatov, 10. D. Xudoyberdiev, 13. U. Matmusaev, 14. M. Yusupov, 19. SH. O'rinboev, 21. N. Yuldashev, 25. I. Aliboev, 77. S. Abdujabborov.
Zaxira: J. Qurbonaliev, P. SHaripov, B. Abdulnabiev, F. Axunov, A. Komilov, A. Tilabvoldiev, A. Nosirov.  
 “Labsa”:  SH. SHamshiddinov, A. Vohidov, O. Boboev, J. Sayliev, S. Ashurov, F. Mo'yinov, N. Nizomov, J. SHodmonov, F. Asadov, I. Xoliqov, SH. Ismatov.
Zaxira: R. Rajabov, X. Hasanov, J. Jumaev, K. Samiev, SH. Begimov, F. SHaripov, F. Hasanov.

Bekzod TOLIBOV tayyorladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика