So’nggi yangiliklar

20:53"Рома"да бош мураббий ўзгарди. Рим клубидаги энг яхши мавсумини ўтказган Шомуродовнинг тақдири қандай кечади?  0 20:34"Барселона" бразилиялик ҳимоячи учун 30 млн евро таклиф этади  4 20:10Суперлига. "Сўғдиёна" – "Хоразм" 0:0 (Матнли транслация)  4 20:00Суперлига. "Андижон" - "Қизилқум" 0:1 (матнли трансляция)  20 19:50"Манчестер Юнайтед" мухлислари чипталар нархи кескин ошганидан норози  0 19:27Мартинес МЮга ўтишга рози  1 18:44"Реал" Мбаппе касалхонага ётқизилгани ҳақида хабар берди  2 18:16Расман: "Сурхон" россиялик ҳужумчи билан хайрлашди  0 17:52Breaking! Аббос Файзуллаев Туркия клубидан таклиф олди  13 17:36"Бухоро" – "Шўртан" учрашуви нейтрал майдонда ўтади  4 17:15Breaking! Ўринбоев фаолиятини Бельгияда давом эттиради  16 17:09Клублар ўртасидаги ЖЧ-2025. 1-турнинг барча натижалари битта саҳифада  1 16:56"Бунёдкор" пенальтилар сериясига кўра ғалаба қозониб, "Қўқон-1912"ни мусобақадан чиқариб юборган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 16:38Расман: Футзал Олимпия ўйинларига киритилди  8 16:21Ўзбекистонда ёзги трансфер ойнаси қачон очилади?   15

Pro-Liga. Farg'ona viloyati derbisida “Iftixor”ning qo'li baland keldi (to'liq sharh) Yangiliklar

Pro-Liga. Farg'ona viloyati derbisida “Iftixor”ning qo'li baland keldi (to'liq sharh)

Pro-liganing 22-turida O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi vasiyligidagi Oltiariqning “Iftixor” klubi o'z muxlislari qarshisida Yozyovonning “Yozyovon-Lochinlari” klubini qabul qildi.

Uchrashuv mezbonlarning faol harakatlari ostida boshlandi. Birinchi bo'lim boshidanoq “Iftixor” futbolchilari o'yindagi tashabbusni qo'lga olishga urindilar. Dastlabki daqiqalarda mezbonlar ketma-ket hujum tashkil etgan bo'lsalarda, samarasiz yakunlandi. SHu kuni bir oz tanaffusdan so'ng yana “Iftixor” safiga kelib qo'shilgan tajribali futbolchi Akmal Xolmatov o'zining maydondagi faol harakatlari bilan yaqqol ajralib turdi. Mezbonlarning hujumlariga “Yozyovon-Lochinlari” futbolchilari qarshi hujumlar bilan javob qaytardilar. Birinchi bo'lim davomida goh o'ng qanotga, goh chap qanotga o'tib harakat qilgan mehmonlarning 17-raqamli futbolchisi Maqsadbek Ibragimov tomonidan tashkil etilgan hujumlar xavfli ko'rinish hosil qildi. SHunday hujumlarning birida “Yozyovon-Lochinlari” jamoasi to'purari Abdulaziz Jo'raboev qanotdan oshirib berilgan to'pga bir oz etmay qoldi. Birinchi bo'lim 17-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Akmal Xolmatov mehmonlar darvozasi tomon belgilangan jarima to'pini ajoyib tarzda ijro etib, hisobni ochdi. Kiritilgan goldan ruhlangan mezbonlar hujumkorlikni yanada oshirgan bo'lsalarda, ularning hech biri naf keltirmadi. SHundan so'ng mehmonlar xuddi shu kabi nuqtada jarima to'pi tepish imkoniga ega bo'ldilar. “Yozyovon-Lochinlari” futbolchisi Hoshimbek SHokirovning jarimadan yo'llagan zarbasi jonli devorga tegib qaytdi. Birinchi bo'lim 1:0 hisobida mezbonlarning hisobdagi ustunligi bilan yakuniga etdi.



Ikkinchi bo'lim har ikki jamoaning faol harakatlari bilan boshlandi. Mezbonlar hujum uyushtirayotgan vaziyatda uchrashuv hakami “Yozyovon-Lochinlari” futbolchisi o'z jarima maydoni ichida o'yin qoidasini buzdi deb topdi va 11 metrlik jarima zarbasi belgiladi. “Iftixor”ning 10-raqamli futbolchisi Dilmuxammad Xudoyberdiev beligangan penaltini aniq amalga oshirib, hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirib qo'ydi. O'tkazib yuborilgan goldan so'ng “Yozyovon-Lochinlari” jamoasi vakillari hujumkorlikni oshirishdi. Mehmonlarning ketma-ket tashkil etgan hujumlari nihoyat samara keltirdi, jamoa to'purarlaridan biri Maqsadbek Ibragimov hisobni qisqartirdi. Tabloda 2:1 hisobi aks etdi. Goldan ruhlangan mehmon jamoa futbolchilari ketma-ket hujum tashkil etdilar. Mehmonlarning hujumlariga qarish hujum bilan javob qaytargan “Iftixor” futbolchilari yana bir bor 11 metrlik jarima to'pi tepish huquqiga ega bo'ldilar.Bu safargi penaltini Nodirbek Yuldashev aniq amalga oshirdi va hisob 3:1 ko'rinishiga keldi.  Uchrashuv yakunida hujumkorlikni yanada oshirgan mehmonlar yana “Iftixor” darvozasiga to'p kiritishni uddasidan chiqdilar. Mehmonlarning yosh futbolchisi Mirzoxid Egamberdiev mezbonlar darvozasga gol urib, hisobni 3:2 ko'rinishiga keltirdi. Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda har ikki jamoa azolari raqib darvozasini ishg'ol qilish uchun astoydil  harakat qilgan bo'laslarda, darvozalarga boshqa to'p kiritilmadi. Farg'ona viloyati “derbi”si “Iftixor” jamosining g'alabasi bilan yakunlandi.       

       
Pro-Liga. “V” guruhi.
22-tur
“Iftixor” – “Yozyovon-Lochinlari”  3:2 (1:0)
Hakamlar
: SHavkat Nasibullaev, Islom Nosirov, Maksim Nexochin, SHoxrux Azamov.
Nazoratchi: SHuxrat Bozorov.
Komissar: Oybek Yunusov
Gollar:  Akmal Xolmatov 17 (1:0), Dilmuhammad Xudoyberdiev, 47 (penalti, 2:0),  Maqsadbek Ibragimov, 61(2:1), Nodirbek Yuldashev, 74  ( penalti, 3:1), Mirzoxid Egamberdiev,  87 ( 3:2).  
"Iftixor": 16.Xurshid Muhammadov, 5.SHohruh Xolmatov, 6.Asadbek Mamurov, 8.Akmal Xolmatov, 10.Dilmuhammad Xudoyberdiev (7.Oyatillo Muhitdinov 90), 14.Muhiddin Yusupov, 20.Abror Tilavoldiev (19.SHuhrat O'rinboev 41) 21.Nodirbek Yuldashev, 23.SHohruh Yuldashev (17.Nurillo Mirzajonov 63), 77.Saidjon Abdujabborov, 9.Asadbek Komilov (90.G'iyosjon Tursunov 89)
Zahira: 30.Javohir Qurbonaliev, 18.Abbosjon Nosirov.
 
"Yozyovon-Lochinlari": 1.Jasurbek Abdullaev, 2.Mirzohid Mirzamahmudov, 7.Zohidjon Ismoilov, 8.Alisher Fayzullaev (14.SHahboz Abduraximov 51) 10.SHahboz Abdurahmonov, 11.Hoshimbek SHokirov, 13.Zokirjon Nurmatov (6.Bunyod Abdumannonov 46) 17.Maqsadbek Ibragimov, 18.Mamurjon Qosimov, 19.Karimberdi Mamadaliev (3.Asliddin Asomiddinov 76) 77.Abdulaziz Jo'raboev (4.Mirzohid Egamberdiev 60)
Zaxira: 44.Abror Karimov, 15.Adhamjon Ahmadjonov, 30.SHukurullo Abdug'aniev
Ogohlantirishlar: Nodir Yuldashev 19, Mirzoxid Mirzamaxmudov 49, Maqsadbek Ibragimov 56, SHoxrux Xolmatov 67, Said Abdujabborov 90+2.

Bekzod Tolibov tayyorladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика