So’nggi yangiliklar

03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  22 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  3 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0

PRO-liga. "Dinamo" mavsumga tayyor Yangiliklar

PRO-liga. "Dinamo" mavsumga tayyor

Teglar :  PRO-liga
Ushbu haftada Pro-Liga bahslariga ham start beriladi.

PFL turnir formatini o'zgartirgach, hozirdan aytish mumkinki, Pro-Liga o'yinlari ham shiddatli va kurashlarga boy kechadi.

Zero, bu yil Superliga yo'llanmasi uchun 5-6 klub kurash olib borishi kutilmoqda. G'oliblik uchun asosiy davogarlardan biri sifatida Samarqandning “Dinamo” klubi gavdalanmoqda.

TAYYORGARLIK

“Dinamo” jamoasi dekabr oyidanoq yangi mavsumga taraddudni boshladi. Klub quyi divizionga tushgach, jamoani bir qator futbolchilar va murabbiy tark etganiga qaramay, klub Ilhom SHaripov, Uchqun Qobilov, Rafael Balasanyan kabi mahalliy murabbiylar qo'l ostida asosan mahalliy futbolchilar bilan yig'inni 25 dekabr kuni boshlagan edi. Yanvar oyida tayyorgarlikni Samarqanddagi qarorgohida olib borgan “Dinamo”, fevral va mart oyida Toshkentda ikki bosqichli reja asosida o'quv-mashg'ulot yig'inini olib bordi. Poytaxtda nazorat uchrashuvlari o'tkazish bilan birga yangi futbolchilar ko'rikdan o'tkazildi va jamoaga taklif etildi.

TARKIBDAGI O'ZGARISHLAR

Jamoa tarkibidagi o'zgarishlarni murabbiylar shtabidan boshlaydigan bo'lsak, o'tgan mavsum davomida jamoada rasman bosh murabbiy sifatida ish olib borgan Oleg Tyulkin klub bilan xayrlashdi. Murabbiylar shtabida Ilhom SHaripov (bosh menejer), Uchqun Qobilov (katta murabbiy) va Rafael Balasanyan (yordamchi murabbiy) faoliyat olib borishmoqda.

2017 yilgi mavsumdan keyin jamoani Adnan Oraxovac, Radu Rogak, Farhod Tojiev, Abdumalik Abdullaev, Sardor Sulaymonov, SHohruh Xolmatov, Orif Mamajonov, Saidjamol Davlatjonov, Iskandar Xolmirzaev, Mixail Naumov, Temur Jo'raev, Muhammad Isaev, Doniyor Ismoilovlar tark etishdi.

Jamoa rahbariyati va murabbiylar shtabi ushbu futbolchilar o'rnini to'ldirish va “Dinamo”ni Pro-Ligada raqobatdosh jamoaga aylantirish uchun tarkibni imkonqadar kuchaytirishga intildilar.

Xususan, jamoaga dastlab samarqandlik tajribali yarimhimoyachi Ilhom Yunusov taklif etildi. O'tgan mavsumda “Qizilqum” klubi etakchisi bo'lgan futbolchi “Dinamo” bilan shartnoma imzoladi.

SHuningdek, “Qizilqum”dan himoyachi Viktor Grigorev, “Mashal”dan yarimhimoyachi Maradona Safarov va hujumchi Zohir Qo'ziboev, darvozabon SHohruh Eshbo'taev, AGMKdan Azizbek Suyunov, “Neftchi”dan hujumchi Muydin Mamazulunovlarning kelishi ham jamoani kuchaytirishi kutilmoqda.

Qolaversa, “Dinamo” Jasur Azimov, Amirjon Safarov, Mirkomil Lokaev, Akmal Bozorov singari etakchilarini Superliga klublariga qo'yib yubormay, o'z tarkibida saqlay oldi. SHuningdek, asosiy tarkibga bir qator samarqandlik yosh mahalliy futbolchilar jalb etildi.

Pro-Liga bahslarida o'yin davomida tarkibda 2000 yil tug'ilgan futbolchi bo'lishi shartligi bois, tarkibga “Metallurg”dan 2000 yilda tug'ilgan yosh yarimhimoyachi Aram Markaryan va “Nasaf”dan Mirza Joniqulovlar taklif etilgan. Barcha futbolchilar bilan shartnoma imzolandi.

MAVSUM SAFARDAGI O'YIN BILAN BOSHLANADI

“Dinamo” jamoasi qaytadan o'tkazilgan qura yakunlariga binoan, 1-turda Haqqulobodda “Norin” jamoasi mehmoni bo'ladi. O'yin 6 aprel, juma kuni soat 17:00da boshlanadi. O'yinni Akobirxo'ja SHukurullaev boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Namangandagi ushbu bahsdan keyingi 2-turda jamoa dam olsa, 3-turda “Dinamo” ligadagi asosiy raqobatchilaridan biri Muborakning “Mashal” jamoasiga qarshi saf tortadi. Samarqanddagi mavsumning rasmiy ochilish o'yini bo'ladigan ushbu qarama-qarshilik 20 aprel kuni o'tkaziladi.

«DINAMO» JAMOASI 1-DAVRA O'YINLARI:

“Dinamo”ning Pro-Liga 1-davrasidagi o'yinlari taqvimi bilan tanishing:
Pro-Liga-2018. «A» guruhi
1-tur. 6 aprel (juma)

«Norin» (Norin) - «Dinamo» (Samarqand)

2-tur. 11 aprel (chorshanba)
«Dinamo» dam oladi

3-tur. 20 aprel (juma)
«Dinamo» - «Mashal»

4-tur. 24 aprel (seshanba)
«Istiqlol» - «Dinamo»

5-tur. 28 aprel (shanba)
«Dinamo» - «Xorazm»

6-tur. 2 may (chorshanba)

«Surxon» - «Dinamo»

7-tur. 6 may (yakshanba)

«Dinamo» - «SHo'rtan»

8-tur. 10 may (payshanba)

«Orol» - «Dinamo»

9-tur. 14 may (dushanba)
«Dinamo» - «Andijon».

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика