So’nggi yangiliklar

16:43Даҳшат! "Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  3 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  1 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  11 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  5 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  2 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  9 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  4 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  11 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  3

PRO-Liga, “B” guruhi. Eng tezkor gol va boshqalar haqida Yangiliklar

PRO-Liga, “B” guruhi. Eng tezkor gol va boshqalar haqida

Teglar :  PRO-liga5-tur
Kuni-kecha bo'lib o'tgan PRO-Liganing 5-tur yakunlari bo'yicha etiborga molik jihatlarni keltirib o'tishni lozim topdik. Dastlab gollar haqida to'xtalamiz.

PRO-Liganing “B” guruhidagi 4ta o'yinda jami 11ta gol qayd etildi. Bu borada “B” guruhi sermahsullik bo'yicha “A” guruhiga nisbatan etakchilik qildi deyig mumkin.

Qayd etilgan 11ta golning 7tasi mezbon jamoalar foydasiga yozilgan  bo'lsa, qolgan 4ta to'pga mehmonlar mualliflik qildi.

Uchrashuvlarning birinchi taymida kiritilgan gollar soni 6tani tashkil etgan bo'lsa, ikkinchi bo'limda yana 5ta gol kuzatildi.

5-turda eng ko'p gol urgan jamoa – “Yozyovon” jamoasi bo'ldi. O'z maydonida “SHerdor”ga qarshi kechgan bahsda yozyovonliklar javobsiz 4ta to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi.

Turning eng tezkor goli 8-daqiqada sodir bo'ldi. “Nurafshon” hujumchisi Farrux SHotursunov safarda “G'ijduvon”ga qarshi kechgan uchrashuvda birinchi bo'lib hisobni ochdi. Ammo uning goli jamoasiga ochko keltirmadi.

Aksincha turning eng so'nggi goli 90+2-daqiqada urildi. “Iftixor” futbolchisi Said Abdujabborov “Xotira-79” darvozasiga belgilangan penaltidan unumli foydalanib, safarda jamoasiga g'alaba keltirdi.

5-tur o'yinlarida hakamlar jami 5ta penalti belgiladi. SHundan bittasi noaniq amalga oshirilgan.

Saidmahmud G'ulomov (“Lokomotiv-BFK”), Abdulaziz Jo'raboev (“Yozyovon”), Said Abdujabborov (“Iftixor”) hamda Aziz Murotov (“G'ijduvon”)   11 metrlik nuqtadan adashmadi. Zohid Ismoilov (“Yozyovon”) esa lotoreyadan unumli foydalana olmadi.

5-turda ishlagan hakamlar orasida SHavkat Nasibullaev “SHerdor” darvozasi tomon 2ta penalti belgilab, bu borada peshqadamlik qildi.

“Iftixor” va “Yozyovon” jamoalari ushbu turda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolishga erishdi.

Ushbu turda avtogol, dubl, xet-trik qayd etgan futbolchi uchramadi.


5-turda kimlar gol urdi?
1. Saidmahmud G'ulomov – “Lokomotiv-BFK”.
2. Islom Xoliqov – “Labsa”.
3. Jasur Sayliev – “Labsa”.
4. Maqsad Ibragimov – “Yozyovon”.
5. Jasur Otaxonov – “Yozyovon”.
6. Abdulaziz Jo'raboev – “Yozyovon”.
7. Anvar Abdulxaqov – “Yozyovon”.
8. Said Abdujabborov – “Iftixor”.
9. Bahrom Narzullaev – “G'ijduvon”.
10. Aziz Murotov – “G'ijduvon”.
11. Farrux SHotursunov – “Nurafshon”.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика