So’nggi yangiliklar

15:54"Ливерпуль" ярим ҳимоячисини 17,5 млн еврога сотмади  1 15:16"Боруссия" форварди Францияга йўл олади  0 14:47Париж-2024. Ўзбекистонлик ҳакамлар ярим финал ўйинини бошқариб боришади  3 14:31Ашурматов "Химки"дан учралган мағлубиятга изоҳ берди  0 14:07Альвареснинг агенти келаси ҳафтада "Ман Сити" билан музокаралар ўтказади. Клуб ўйинчини 40-50 млн еврога сотмайди  1 13:39"Ливерпуль" Робертсонга ўринбосар топди  0 13:105та гол урилган "Андижон" — ОКМК ўйини ёҳуд олмалиқликларнинг даҳшатли камбэкидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 12:50Футзал. ЖЧ-1992. Пеле томоша қилган ҳамда онасининг қорнида тўп тепишни бошлаган ялангоёқ болакайнинг энг яхши ўйинчига айлангани ҳақида ҳикоя қиламиз  0 12:36"Атлетико" Альварес учун 47+12 млн фунт таклиф қилмоқда, "Ман Сити" 70+20 млн хоҳламоқда. Мадридликлар пессимистик кайфиятдалар  3 12:05Гвардиола Англия терма жамоасининг қизиқишини изоҳлади  0 11:37Галлахер Испания клубига ўтишга яқин  1 11:05Ўртоқлик учрашуви. "Манчестер Юнайтед" - "Ливерпуль" 0:3, Каземиро "замах" га алданди  2 10:48FourFourTwo футбол тарихидаги энг яхши марказий ҳимоячилар рейтингини тузди   15 10:20«Бавария» ҳимоячисини «Манчестер Юнайтед»га сотишга рози бўлди  3 09:53«Барселона» ва «Реал Мадрид» АҚШдаги ўзаро учрашувидан қанча пул ишлаб олгани маълум  11

PRO-Liga “B” guruhi, 24-tur statistikasi Yangiliklar

PRO-Liga “B” guruhi, 24-tur statistikasi

Xabaringiz bor, kuni-kecha PRO-Liganing “B” guruhida 24-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Odatga ko'ra, ortda qolgan uchrashuvlarning etiborga molik jihatlariga to'xtalib o'tamiz.


“XOTIRA-79”DAN OCHIQ ESHIKLARI KUNI YOXUD “LOKOMOTIV-BFK”NING HAM NIHOYAT KO'KRAGIGA SHAMOL TEGDI
PRO-Liganing “B” guruhidagi o'yinlar ham qiziq va kutilmagan hisoblarga boy kechmoqda. Xususan 24-turda chempionat autsayderi “Lokomotiv-BFK” safarda “Iftixor”ni 3:1 hisobida mag'lub etib, o'ziga xos sensaciya qildi. Boisi “Temiryo'lchilar” bungacha o'z uyida ham yirik hisobda mag'lub bo'lib kelayotgandi. Balki oltiariqliklar raqibni o'yindan oldin “yutib qo'yishgan” shekilli.

Samarqandning “SHerdor” jamoasi Qattaqo'rg'on tumanidagi BO'SM stadionida “Xotira-79”ni qabul qilib, ortiqcha ayab o'tirmadi. Mazkur uchrashuvda qayl etilgan hisob juda ko'pchilikda shubha uyg'otgani ham bor gap. Sababi uychiliklar “SHerdor” bilan o'yinda ochik eshiklar kuni qilib yubordi. Raqib xohlaganicha gol urdi. Etiborlisi “Xotira-79”dan ikki nafar futbolchi birinchi bo'limning o'zidayoq avtogol muallifiga aylandi. Moliyaviy jihatdan birmuncha muammolarga duch kelayotgan “Xotira-79” extimol o'yindan oldinoq raqib oldida qo'lini ko'targan bo'lishi ham mumkin. Yana kim biladi deysiz...

Turnir jadvalida “SHerdor” bilan yonma-yon ketayotgan chempionat peshqadami “Nurafshon” ham intrigani kuchaytirmoqda. Jamoa bir qarasang kutilmaganda qaerdadir ochkolarni ulashmoqda. Bir qarasang, yirik hisobda g'alaba qozonmoqda. Vohid Xolboev shogirdlari 24-turda “Yozyovon”ni qabul qilib, raqib darvozasiga javobsiz 6ta to'p kiritib, 1-o'rinni o'zida saqlab qoldi. To'plar nisbatiga ham qaraydigan bo'lsak, “Nurafshon” yaqqol peshqadam ekanligini ko'rish mumkin.

PRO-Liganing past-balandini yaxshigina tushunib olgan “G'ijduvon” jamoasi ham qaerdadir ochko ishlasa, yana kutilmaganda qaerdadir ochko yo'qotmoqda. Jamoa o'z uyida har qanday raqibni mag'lub etmoqda. Lekin safarda aksincha vaziyat bo'lmoqda. Vali Keldiev boshqaruvidagi “Zomin” o'z uyida “G'ijduvon”ni qabul qilib, 4:0 hisobida g'alaba qozondi. Etiborlisi uchrashuvdagi gollar 53-daqiqadan so'ng kiritilgan.

«IFTIXOR» - «LOKOMOTIV-BFK» 1:3
 «SHERDOR» - «XOTIRA-79» 8:2
 «NURAFSHON» - «YOZYOVON» 6:0
 «ZOMIN» - «G'IJDUVON» 4:0


ABDUXOLIQOVDAN XET-TRIK, NABIEVDA DUBL VA BOSHQA GOLLAR

* Mazkur turdagi 4ta o'yinda jami 24ta gol qayd etildi.
* Har bir uchrashuvga o'rtacha 6tadan to'p demakdir.
* Mezbon jamoalar tomonidan kiritilgan gollar soni 19tani tashkil etdi.
* Qolgan 5ta to'p mehmon jamoalar hisobiga yozildi.
* Uchrashuvlarning birinchi bo'limida jami 9ta gol qayd etildi.
* Ikkinchi taymda esa sermahsullik nisbatan ortdi va darvozalarga yana 15ta to'p kiritildi.
* Uchrashuvning eng tezkor goli 6-daqiqada kiritildi. “Nurafshon” hujumchisi Farrux SHotursunov “Yozyovon”ga qarshi bahsda tezkor to'p kiritib, uchrashuvda hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. Aslida 3-daqiqadayoq hisob ochilishi mumkin edi. Biroq Oripxo'ja Abduxoliqov penaltidan yozyovonliklar darvozasini aniq nishonga ola bilmadi.
* Aksincha turning eng so'nggi goli 90-daqiqada “SHerdor” futbolchisi Otabek Hamroqulov tomonidan kiritildi.
* 24-turda eng ko'p gol urgan jamoa “SHerdor” bo'ldi. Samarqandliklar “Xotira-79” darvozasiga 8ta (!) to'p kiritdi.
* “Nurafshon” bilan “Zomin” jamoalari ushbu turda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolishga erishdi.
* 24-turda 1ta dubl va 1ta xet-trik qayd etildi. “SHerdor” hujumchisi Abdulla Nabiev “Xotira-79” darvozasiga ikkita to'p kiritgan bo'lsa, “Nurafshon” hujumchisi Oripxo'ja Abduxoliqov “Yozyovon” darvozasini uch marotaba aniq nishonga oldi. Sal bo'lmasa Oripxo'ja ushbu turda poker qayd etishi ham mumkin edi. Ammo u 11 metrlik nuqtadan unumli foydalana olmadi.
* Ushbu turda ikkita avtogol qayd etildi. Etiborlisi ularning ikkisi ham bitta jamoadan. Abduvohid SHaripov va Hasanboy Ergashev “SHerdor” bilan o'yinda o'z darvozasiga to'p kiritib yubordi.
* SHuningdek mazkur turda 3ta penalti qayd etildi. Eldor Karimov (“Zomin”) va Botir To'raboev (“Xotira-79”) 11 metrlik nuqtadan aniq foydalangan bo'lsa, Oripxo'ja Abduxoliqov (“Nurafshon”)ga sovuqqonlik etishmadi.

23-turda kimlar gol urdi?
1. Islom SHaripov – “Lokomotiv-BFK”.
2. SHahboz Avazmatov – “Lokomotiv-BFK”.
3. Arslon Sultonov – “Lokomotiv-BFK”.
4. SHoxruh Yuldashev – “Iftixor”.
5. Abduvohid SHaripov – avtogol –“Xotira-79”.
6. Hasanboy Ergashev – avtogol –“Xotira-79”.
7. Botir To'raboev – “Xotira-79”.
8. Muhammad Rasulov – “Xotira-79”.
9. Bunyod Isroilov – “SHerdor”.
10. Farruh Farhuddinov  – “SHerdor”.
11. Abdulla Nabiev (2ta)  – “SHerdor”.
12. Maradona Safarov  – “SHerdor”.
13. Otabek Hamroqulov  – “SHerdor”.
14. Farrux SHotursunov  – “Nurafshon”.
15. Azamat Roziqov – “Nurafshon”.
16. Ruslan Veklich – “Nurafshon”.
17. Oripxo'ja Abduxoliqov (3ta) – “Nurafshon”.
18. Azamat Abdullaev – “Zomin”.
19. Eldor Karimov – “Zomin”.
20. SHoxjahon Abbosov – “Zomin”.
21. Qalandar Qudratov – “Zomin”.


OGOHLANTIRISHLAR
* 24-turning 4ta o'yinida jami 15 nafar futbolchi hakamlar tomonidan sariq kartochka bilan ogohlantirildi.
* Bu esa har bir uchrashuvga o'rtacha 4tadan sariq kartochka demakdir.
* Mezbon jamoalardan 8ta o'yinchi ogohlantirilgan bo'lsa, qolgan 7ta sariq kartochka mehmon jamoa futbolchilariga ko'rsatilgan.
* Taymlar bo'yicha olib aytadigan bo'lsak, uchrashuvlarning birinchi bo'limida atiga 2 nafar futbolchi sariq kartochka bilan “siylangan”.
* Ikkinchi bo'limda esa keskinlik ortib, qoida buzilish xolatlari ko'p uchradi va yana 13ta o'yinchi ogohlantirildi.
* Ahamiyatlisi 24-turda o'z darvozasidan 8ta to'p o'tkazib yuborgan “Xotira-79”ning birorta ham futbolchisi sariq kartochka olmadi va ular tartib-intizom borasida boshqalarga namuna bo'ldi.
* “G'ijduvon” jamoasi esa bu borada “peshqadamlik” qildi. Boisi g'ijduvonliklarning 4ta o'yinchisiga sariq kartochka ko'rsatildi.
* Etiborlisi ushbu turda hakamlar birorta ham o'yinchiga qizil kartochka ko'rsatmagan.  

24-turda kimlar sariq kartochka oldi?
1. Xurshid Muhammadov – “Iftixor”.
2. Asadbek Komilov – “Iftixor”.
3. Oyatullo Muhitdinov – “Iftixor”.
4. Azizbek Tohirov – “Lokomotiv-BFK”.
5. Farzin Muxtorov – “SHerdor”.
6. Farrux Farhuddinov – “SHerdor”.
7. Elbek Ravshanov – “Nurafshon”.
8. Jasur Rahimov – “Nurafshon”.
9. Zokir Nurmatov – “Yozyovon”.
10. SHahboz Abdurahmonov – “Yozyovon”.
11. Abdumutal Tursunqulov – “Zomin”.
12. Mirzabek Joniqulov – “G'ijduvon”.
13. Xurshid SHodiev – “G'ijduvon”.
14. Suhrob Rahmonov - “G'ijduvon”.
15. Azizbek Suyunov - “G'ijduvon”.

ENG KO'P MUXLIS QATTAQO'RG'ONDA

* Garchi PRO-Liganing “B” guruhida ham o'ziga xos intriga ketayotgan bo'lsada, muxlislarning undagi o'yinlarga bo'lgan qiziqishi yuqori darajada emas.
* Xususan, 24-turning 4ta uchrashuviga jami 1503 nafar tomoshabin tashrif buyurgan.
* Bu esa har bir uchrashuvga o'rtacha 375tadan muxlis demakdir.
* Eng ko'p ishqiboz tashrifi Kattaqo'rg'on tumanidagi BO'SM stadionida kuzatildi.
* Toshkent viloyatining “Do'stlik” stadoniga esa atiga 94ta odam kirgan.

«IFTIXOR» - «LOKOMOTIV-BFK» 1:3
Oltiariq. “Markaziy” stadioni. 427 tomoshabin.
 «SHERDOR» - «XOTIRA-79» 8:2
Kattaqo'rg'on. BO'SM maydoni. 814 tomoshabin.
«NURAFSHON» - «YOZYOVON» 6:0
Toshkent viloyati. “Do'stlik” stadioni. 94 tomoshabin.
«ZOMIN» - «G'IJDUVON» 4:0
Zomin. “Markaziy” stadion. 168 tomoshabin.

NAVBATDAGI TURDA UCHRASHADILAR
25-tur. 13 sentyabr (payshanba)

«Yozyovon» - «Zomin»
«Xotira-79» - «Nurafshon»
«Lokomotiv BFK» - «SHerdor»
«Labsa» - «Iftixor»
«G'ijduvon» dam oladi



Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика