So’nggi yangiliklar

11:59ОЧЛ тугатилди, энди янги мусобақа кўрамиз  4 11:26Ўзбекистон делегациясига Футзал Жаҳон чемпионати-2024 кубогини топшириш маросими бўлиб ўтди  4 10:56"Локомотив" эртага янги ўйинчиларни таништиради  1 10:45«Барселона» узоқ вақт қизиққан футболчисининг трансферидан воз кечди  1 10:11«Фулҳэм» «Арсенал» футболчиси учун рекорд миқдорда пул тўлайди  4 09:43«Ал Садд» «Монако» футболчисини сотиб олди  2 09:15Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  12 08:47«Қўқон-1912» сардори фаолиятини бошқа бир Про лига жамоасида давом эттиради  1 08:25Ўртоқлик учрашуви. "Барселона" - "Манчестер Сити" 2:2, Холланднинг голи ҳисобга олинмади  2 08:20Олимпия ўйинлари. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  10 07:53Ўртоқлик учрашуви. «Ман Сити» ва «Барселона» жанговар дуранг ўйнашди  4 07:25Бугун Абдумалик Халоков, Давлат Бобонов ва яна бир неча спортчимиз Париж Олимпиадасида иштирок этишади  2 01:49Миср олимпия терма жамоаси сардори БАА клубига ўтди  3 00:44"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолади  1 00:16Париж-2024. Франция ва АҚШ чорак финал иштирокчиларига айланди  1

PRO-Liga, “B” guruhi. 13-tur statistikasi Yangiliklar

PRO-Liga, “B” guruhi. 13-tur statistikasi

7 iyun, payshanba kuni PRO-Liganing 13-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. “B” guruhida bo'lib o'tgan o'yinlarning etiborga molik jihatlariga to'xtalib o'tamiz.

“Lokomotiv-BFK” nihoyat mavsumdagi ilk ochkosini qo'lga kiritdi
PRO-Liganing “B” guruhidagi o'yinlarda aytarli sensaciya qayd etilmadi. Toshkentning “Lokomotiv-BFK” jamoasi 13-turga kelib nihoyat mavsumdagi ilk ochkosini qo'lga kiritdi. O'z maydonida “Iftixor”ni qabul qilgan “Temiryo'lchilar” kambek ko'rsatib, Angliya premer ligasidagi o'yinlarni eslatib yubordi. Sababi maydon egalari o'yining so'nggi daqiqalari o'tib borayotganida raqib darvozasiga ikkita to'p kiritib mag'lubiyatdan qutilib qoldi. Oltiariqliklar esa o'yinning so'nggi soniyalarida to'p o'tkazib yuborib, alamli tarzda g'alabadan mahrum bo'ldi.  

 Samarqandning “SHerdor” jamoasi Namangan viloyatining Uychi tumaniga safar uyushtirib, mezbonlar ustidan irodali g'alabaga erishdi. Garchi avvaliga hisobni “Xotira-79” jamoasi ochgan bo'lsada, keyinchalik samarqandliklar ikki bor raqib darvozasini nishonga oldi. Aytishlaricha ushbu o'yin ko'pchilikda shubha uyg'otgan va bu borada o'rganish ishlari olib borilmoqda.

O'yinga maydonni tayyorlay olmasdan shov-shuv uyg'otgan yozyovonliklar o'z uyida durang qayd etdi. Aftidan “Yozyovon”ga ham haqiqatdan maydonning xolati halal bergan ko'rinadi. Negaki, ular “Nurafshon”ga qarshi kechgan bahsda raqib darvozasiga xatto penaltidan ham to'p kirita olmadi.

Tobora PRO-Liganing shubhali jamoasiga aylanib borayotgan “Zomin” bu turda kutilmaganda yirik hisobda mag'lub bo'ldi. Urilgan gollarga etibor qaratadigan bo'lsak, so'nggi 10 daqiqada “G'ijduvon” raqibi darvozasiga 3ta to'p kiritgan. Tarkib borasida mezbonlardan u qadar kuchsiz bo'lmagan zominliklar 5ta golga bitta ham javob qaytara olmagani tushunarsiz. To'g'ri bu – futbol. Lekin so'nggi paytlarda “Zomin”ning qayd etayotggan natijalari kishini o'ylantirib qo'ymoqda. Yana kim biladi deysiz...
 
“Lokomotiv-BFK” – “Iftixor” 3:3.
“Xotira-79” – “SHerdor” 1:2.
“Yozyovon” – “Nurafshon” 1:1.
“G'ijduvon” – “Zomin” 5:0.

Tezkor gol va boshqalar haqida
“B” guruhidagi 4ta o'yinda jami 16ta gol qayd etildi. Bu esa har bir uchrashuvda o'rtacha 4tadan gol demakdir.

Uchrashuvlarning birinchi bo'limida 6ta gol qayd etildi. Ikkinchi taymda esa sermahsullik ortdi va jamoalar yana 10ta gol urishga erishdi.
Eng ko'p gol “Lokomotiv-BFK” – “Iftixor” bahsida kuzatildi. Har ikki jamoa ham 3tadan to'p kiritdi.

13-turda eng ko'p gol urgan jamoa “G'ijduvon” bo'ldi. G'ijduvonliklar “Zomin” darvozasiga 5ta to'p kiritish bilan birga ushbu turda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan yagona jamoa bo'ldi.

Turning eng tezkor golini Karimberdi Mamadaliev kiritdi. “Yozyovon” futbolchisi 18-daqiqada “Nurafshon” darvozasini ishg'ol etib, uchrashuvda hisobni ochishga erishdi. Ammo uning jamoasi yakunda durang qayd etdi.

Aksincha turning eng so'nggi goli 90+2-daqiqada kiritildi. “Lokomotiv-BFK” o'yinchisi Aleksandr Belyakov “Iftixor” darvozasiga jamoasining uchinchi to'pini kiritib “temiryo'lchilar”ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.

13-tur o'yinlarida 3ta futbolchi dublga erishdi. Islom SHaripov (“Lokomotiv-BFK”), Ilhom Aliboev (“Iftixor”) hamda Bahrom Narzullaev (“G'ijduvon”) ushbu turda ikkitadan gol urishga muvaffaq bo'ldi. Etiborlisi ularning jamoasi mag'lubiyatga uchramadi.

Ushbu turda ikkita penalti qayd etildi. Etiborlisi ikkisi ham bitta o'yinda yuz berdi. “Yozyovon” futbolchisi Zohid Ismoilov penaltidan to'p kirita olmagan bo'lsa, “Nurafshon”ning to'purar hujumchisi Oripxo'ja Abduxoliqov 11 metrlik nuqtadan adashmadi.


13-turda kim gol urdi?
1. Islom SHaripov (2ta) – “Lokomotiv-BFK”.
2. Aleksanr Belyakov – “Lokomotiv-BFK”.
3. Ilhom Aliboev (2ta) – “Iftixor”.
4. Akmal Xolmatov – “Iftixor”.
5. Sanjar Toshpo'latov – “Xotira-79”.
6. Farzin Muxtorov – “SHerdor”.
7. Abdulla Nabiev – “SHerdor”.
8.Karimberdi Mamadaliev – “Yozyovon”.
9. Oripxo'ja Abduxoliqov – “Nurafshon”.
10. Jamshid Hasanov – “G'ijduvon”.
11.Bahrom Narzullaev (2ta) – “G'ijduvon”.
12.Oxunjon Sayfiddinov – “G'ijduvon”.
13. Jahongir Ismoilov – “G'ijduvon”.

Sariq kartochkalar
PRO-Liganing “B” guruhidagi bahslari anchagina tartibli tarzda o'tgani raqamlarda ham aks etib turibdi.
 
Uchrashuvlarni boshqarib borgan hakamlar atiga 6 nafar futbolchiga sariq kartochka ko'rsatgan xolos. “Xotira-79” – “SHerdor” bahsida umuman sariq va qizil kartochka qayd etilmagani esa etiborga molikdir. SHuningdek ushbu turda “Yozyovon” va “Iftixor” jamoasi futbolchilari ham o'yinni sariq kartochkasiz o'tkazdi.

Aksincha bu borada “Lokomotiv-BFK” “peshqadam” bo'ldi. Sababi “temiryo'lchilar”ning 3 nafar futbolchisi bosh hakam Ahmadillo Ergashev tomonidan sariq kartochka bilan siylandi.    

Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?

“B” guruhidagi 4ta o'yinga jami 2901ta muxlis tashrif buyurdi!
Har bir uchrashuvga o'rtacha 725 nafardan tomoshabin demakdir.
Eng ko'p ishqiboz tashrifi Yozyovonda kuzatildi. Aksincha vaziyat esa har doimgidek “Lokomotiv-BFK” mezbonlik qilgan o'yinda qayd etildi.

“Lokomotiv-BFK” – “Iftixor” 3:3.

Toshkent shahri. TTYMI stadioni. 78 tomoshabin.
“Xotira-79” – “SHerdor” 1:2.
Uychi. “Paxtakor” stadioni. 522 tomoshabin.
“Yozyovon” – “Nurafshon” 1:1.
Yozyovon. “Yozyovon” stadioni. 1976 tomoshabin.
“G'ijduvon” – “Zomin” 5:0.

G'ijduvon. “Navro'z” stadioni. 325 tomoshabin.

Ostonamizdagi uchrashuvlar
14-tur. 11 iyun (dushanba)
“V” guruhi

“Nurafshon” – “G'ijduvon”     (18:00)
“SHerdor” – “Yozyovon”               (18:00)
“Iftixor” – “Xotira-79”        (17:30)
“Labsa” – “Lokomotiv-BFK”   (18:00)

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика