So’nggi yangiliklar

09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  2 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  2 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  5 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  9 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  34 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2

PRO-Liga, “A” guruhi. 8-turning eng tezkor goli va boshqalar haqida Yangiliklar

PRO-Liga, “A” guruhi. 8-turning eng tezkor goli va boshqalar haqida

Teglar :  SurxonPRO-liga8-tur
Payshanba kuni bo'lib o'tgan PRO-Liganing 8-tur yakunlari bo'yicha ayrim statistik malumotlarni etiboringizga havola etishda davom etamiz.

Quyida gollar haqida so'z yuritiladi.

8-turning 4ta o'yinida jami 12ta gol qayd etildi. Har bir uchrashuvga o'rtacha 3tadan gol demakdir.

Mezbon jamoalar 8ta to'p kiritgan bo'lsa, qolgan 4ta gol mehmonlar hisobiga yozildi.

Uchrashuvlarning birinchi bo'limida 5ta gol kuzatildi. Ikkinchi bo'limda esa sermahsullik nisbatan ortdi va yana 7ta gol kiritildi.

Ushbu turda eng ko'p gol urgan jamoa - “Andijon” bo'ldi. “Burgutlar” o'z maydonida “Norin”ga qarshi kechgan bahsda raqib darvozasiga 4ta to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi. 

Etiborlisi ushbu gollarning 3tasini zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar kiritgan.

8-turda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan yagona jamoa – “Surxon” bo'ldi.

 Turning eng tezkor goli – 5-daqiqada sodir bo'ldi. “Mashal”ning iqtidorli hujumchisi Humoyun Murtazoev safarda “SHo'rtan” darvozasiga tezkor to'p kiritib, uchrashuvda birinchi bo'lib hisobni ochishga erishdi. Etiborlisi uning jamoasi Qashqadaryo derbisida g'alaba qozonib, turnir jadvalida 1-o'ringa mustahkam o'rnashib oldi.

Aksincha turning eng so'nggi daqiqada kiritilgan goli – Davron Isoqov nomiga yozildi. “Andijon”ning to'purar hujumchisi “Norin”ga qarshi kechgan o'yinning 90+1-daqiqasida jamoasining to'rtinchi golini kiritib hisobni yiriklashtirdi.

Ahamiyatlisi ushbu turda penalti sodir bo'lmadi. SHuningdek ikkita va undan ko'p gol urgan futbolchilar ham kuzatilmadi.



8-turda kimlar gol urdi?
1. Rasul Musaev – “Orol”.
2. Navro'z Alimov – “Orol”.
3. Zohir Qo'ziboev – “Dinamo”.
4. Jasur Xolto'raev – “SHo'rtan”.
5. Humoyun Murtazoev – “Mashal”.
6. Akrom Bahritdinov – “Mashal”.
7. Timur Usmonov – “Surxon”.
8. Nodir Mavlonov – “Andijon”.
9. Sunnatulla Abdullajonov – “Andijon”.
10. Hoshim SHokirov  – “Andijon”.
11. Davron Isoqov  – “Andijon”.
12. Sanjar Baratov  – “Norin”.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика