So’nggi yangiliklar

15:54"Ливерпуль" ярим ҳимоячисини 17,5 млн еврога сотмади  1 15:16"Боруссия" форварди Францияга йўл олади  0 14:47Париж-2024. Ўзбекистонлик ҳакамлар ярим финал ўйинини бошқариб боришади  3 14:31Ашурматов "Химки"дан учралган мағлубиятга изоҳ берди  0 14:07Альвареснинг агенти келаси ҳафтада "Ман Сити" билан музокаралар ўтказади. Клуб ўйинчини 40-50 млн еврога сотмайди  1 13:39"Ливерпуль" Робертсонга ўринбосар топди  0 13:105та гол урилган "Андижон" — ОКМК ўйини ёҳуд олмалиқликларнинг даҳшатли камбэкидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 12:50Футзал. ЖЧ-1992. Пеле томоша қилган ҳамда онасининг қорнида тўп тепишни бошлаган ялангоёқ болакайнинг энг яхши ўйинчига айлангани ҳақида ҳикоя қиламиз  0 12:36"Атлетико" Альварес учун 47+12 млн фунт таклиф қилмоқда, "Ман Сити" 70+20 млн хоҳламоқда. Мадридликлар пессимистик кайфиятдалар  3 12:05Гвардиола Англия терма жамоасининг қизиқишини изоҳлади  0 11:37Галлахер Испания клубига ўтишга яқин  1 11:05Ўртоқлик учрашуви. "Манчестер Юнайтед" - "Ливерпуль" 0:3, Каземиро "замах" га алданди  2 10:48FourFourTwo футбол тарихидаги энг яхши марказий ҳимоячилар рейтингини тузди   15 10:20«Бавария» ҳимоячисини «Манчестер Юнайтед»га сотишга рози бўлди  3 09:53«Барселона» ва «Реал Мадрид» АҚШдаги ўзаро учрашувидан қанча пул ишлаб олгани маълум  10

PRO-Liga “A” guruhi, 24-tur statistikasi Yangiliklar

PRO-Liga “A” guruhi, 24-tur statistikasi

Teglar :  PRO-liga24-tur
4 sentyabr seshanba kuni PRO-Liganing “A” guruhida 24-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Unda muxlislar bir qator qiziqarli uchrashuvlarga guvoh bo'ldi.

Odatga ko'ra, turning etiborga molik jihatlariga to'xtalib o'tamiz.

PESHQADAMLAR YANA OCHKO YO'QOTDI YOXUD “DINAMO”NING MAG'LUBIYATSIZ SERIYASI DAVOM ETADI
Turning markaziy uchrashuvlaridan biri Urganchda kechdi. Garchi “Xorazm” jamoasi turnir jadvalida o'rta pog'onalarda yurgan bo'lsada, o'z maydonida har qanday raqibga osonlikcha ochko ulashavermasligiga oldingi turlarda guvoh bo'lganmiz. Ayniqsa etakchilarga qarshi bahsda Aleksandr Ejov shogirdlarining tayyorgarligi yuqori darajada bo'ladi. 4 sentyabr kuni ham sal bo'lmasa “Xorazm” jamoasi tajribali raqibi – “Mashal”ni yana ochko yo'qotishini taminlardi. Uchrashuvning 90+5-daqiqada Vohid SHodiev “Gazchilar”ning ikkinchi to'pini kiritib, “Mashal”ning safardagi irodali g'alabasini taminladi.

Turning yana bir markaziy o'yini Termiz shahridagi “Alpomish” o'yingohida bo'lib o'tdi. Mavsumning ikkinchi qismida mag'lubiyat nima ekanligini bilmay kelayotgan “Dinamo” bu safar “Surxon” maydoniga safar uyushtirdi. Samarqandliklarning g'alabali odimi ushbu turda ham davom etishi hech gap emasdi. Biroq uchrashuvning oxirgi beshinchi daqiqasi o'tib borayotganida Abdul Aziz Yusupov javob to'pini kiritib, “Surxon”ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi. SHunga qaramay ushbu durang mezbonlarga qimmatga tushdi. Termizliklar so'nggi uchta o'yinda g'alaba qozona olmagach, rahbariyat bosh murabbiy Igor SHkvirinni istefoga chiqardi.

Yorqin Nazarov boshqaruvidagi “SHo'rtan” asta-sekin o'ziga kelmoqda deyish mumkin. Etiborlisi g'uzorliklar so'nggi 5ta turdan buyon mag'lub bo'lmay kelmoqda. 24-turda “SHo'rtan” o'z maydonida “Norin”ni qabul qilib, yirik – 4:0 hisobida g'alaba qozondi.

CHempionat peshqadami “Andijon” yana o'z muxlislarini uyaltirib qo'ydi. Eldor Sakaev jamoasi bu safar autsayder “Orol” bilan 1:1 hisobida arang durang qayd etgani, andijonliklarda yana havotir uyg'otdi. Garchi “burgutlar” chempionat peshqadami bo'lsada, ishqibozlarda 1-o'rin saqlab qolinarmikin degan hadik bor.  

«XORAZM» - «MASH'AL» 1:2
«SURXON» - «DINAMO» 1:1
«SHO'RTAN» - «NORIN» 4:0
«OROL» - «ANDIJON» 1:1


GOLLAR
* 24-turning 4ta o'yinida jami 11ta gol qayd etildi.
* Mezbon jamoalar 7ta to'p kiritgan bo'lsa, qolgan 4ta gol mehmonlar hisobiga yozildi.
* Etiborlisi birinchi taymda atiga 1ta to'p kiritildi.
* Ikkinchi bo'limda esa sermahsullik ortdi va yana 10ta gol qayd etildi.
* Ushbu turda eng ko'p gol urgan jamoa – “SHo'rtan” bo'ldi. G'uzorliklar “Orol”ga qarshi bahsda javobsiz 4ta to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi.
* Ahamiyatlisi 24-turda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan yagona jamoa ham “SHo'rtan” bo'ldi.
* Turning eng tezkor goliga Pavel Purishkin mualliflik qildi. “Dinamo” hujumchisi “Surxon”ga qarshi kechgan bahsning 7-daqiqasidayoq to'p kiritib, uchrashuvda hisobni ochishga erishdi.
* Aksincha turning eng so'nggi daqiqada kiritilgan goli 90+5-daqiqaga to'g'ri keldi. “Mashal” hujumchisi Vohid SHodiev zaxiradan maydonga tushib, “Xorazm” darvozasiga ikkinchi to'pni kiritgan xolda, jamoasiga g'alaba keltirdi.
* Mazkur turda ikkita va undan ortiq to'p kiritgan futbolchilar uchrmadi.
* Ushbu turda 3ta penalti belgilanib, shundan 2tasi aniq amalga oshirildi.
“Mashal” futbolchisi Sardor Abduraimov “Xorazm” darvozasini aniq nishonga ola bilmagan bo'lsa, “Orol” – “Andijon” o'yinida bosh hakam Ilgiz Tantashev har ikki jamoa darvozasi tomon bittadan penalti belgiladi. Mezbonlar hujumchisi “Navro'z Haipov Nikita Ribkinni ojiz qoldirgan bo'lsa, “burgutlar”dan SHahboz Jumaboev ham 11 metrlik nuqtadan adashmadi va hisobni 1:1 ko'rinishga keltirdi.

24-turda kimlar gol urdi?
1. Sanjar Zokirov – “Mashal”.
2. Vohid SHodiev – “Mashal”.
3. Temur Bekchanov – “Xorazm”.
4. Pavel Purishkin – “Dinamo”.
5. Abdul Aziz Yusupov – “Surxon”.
6. Navro'z Haipov – “Orol”.
7. SHahboz Jumaboev – “Andijon”.
8. Yusuf Bo'riev – “SHo'rtan”.
9. Abbos G'ulomov – “SHo'rtan”.
10. Maruf Murodov – “SHo'rtan”.
11. Og'abek Erkinov – “SHo'rtan”.

OGOHLANTIRISH VA CHETLATISH
* 24-tur o'yinlarini boshqarib borgan hakamlar jami 14 nafar futbolchini sariq kartochka bilan “siyladi”.
* Bu esa har bir uchrashuvga o'rtacha 3,5tadan sariq kartochka demakdir.
* Mezbon jamoalarning 9ta o'yinchisi sariq kartochka ishlab olgan bo'lsa, qolgan 5ta ogohlantirish mehmon jamoa futbolchilari tomon ko'rsatildi.
* 24-turning eng intizomli jamoasi “Mashal” bo'ldi. Muborakliklar safarda “Xorazm”ga qarshi bahsda birorta ham sariq kartochka olmasdan tartib-intizom bo'yicha boshqalarga o'rnak bo'ldi.
* Bu borad aksincha xolat “Andijon” bilan yuz berdi. “Burgutlar”ning 4ta o'yinchisi sariq kartochka olib, “etakchilik” qildi. Etiborlisi asosiy himoyachilar sanalgan Xushnud Avilov bilan Ildar Mamatkazin navbatdagi tur o'yinini o'tkazib yuboradi.
* Ushbu turda bitta qizil kartochka qayd etildi. “Dinamo”ning iqtidorli futbolchisi Suhrob Izzatov uchrashuv paytida qanot hakamini haqorat qilgani uchun to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka olib, maydonni sheriklaridan oldinroq tark etdi.


24-turda kimlar sariq kartochka oldi?
1. Ravshan Sultonov – “Xorazm”.
2. Akbar Murodov – “Xorazm”.
3. Erbol Seytnazarov – “Xorazm”.
4. G'ayrat Jumaev – “Surxon”.
5. Azizbek Usmonov – “Surxon”.
6.Nurali Padarov – “SHo'rtan”.
7. Mo'min Meyliev – “SHo'rtan”.
8. Zufarjon Akbaraliev – “Norin”.
9. Polat Qaipnazarov – “Orol”.
10. Azamat Ilyosov  – “Orol”.
11. Doniyor Hasanov  – “Andijon”.
12. Xushnud Avilov – “Andijon”.
13. Ildar Mamatkazin – “Andijon”.
14. Ibrohim Otaxonov – “Andijon”.

Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?

* 24-turning 4ta o'yiniga jami 3380ta tomoshabin tashrif buyurgan.
* Bu esa har bir uchrashuvga o'rtacha 845 nafar ishqiboz demakdir.
* Eng ko'p muxlis Termizdagi “Alpomish” o'yingohida kuzatilgan bo'lsa, Nukusdagi “Turon” stadionida aksincha vaziyat qayd etildi.
 
«XORAZM» - «MASH'AL» 1:2

Urganch. “Yoshlik” stadioni. 785 tomoshabin.
«SURXON» - «DINAMO» 1:1
Termiz. “Alpomish” stadioni. 1628 tomoshabin.
«SHO'RTAN» - «NORIN» 4:0
G'uzor. “G'uzor” stadioni. 620 tomoshabin.
«OROL» - «ANDIJON» 1:1
Nukus. “Turon” stadioni. 347 tomoshabin.

NAVBATDAGI TURDA UCHRASHADILAR
25-tur.
12 sentyabr (chorshanba)

«Norin» - «Orol»
«Dinamo» - «SHo'rtan»
«Mashal» - «Surxon»
«Istiqlol» - «Xorazm»
«Andijon» dam oladi


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика