So’nggi yangiliklar

07:18Ўзбекистон кубоги. Бугун гуруҳ босқичи якунланади  0 02:00АПЛ. "Манчестер Сити" "Борнмут"ни мағлубиятга учратиб, ЕЧЛ йўлланмасини деярли ҳал қилди. Ҳусанов қайдномага киритилмади  31 00:35Эмилиано Мартинес икки топ-клуб қизиқишлари доирасида  2 00:13"Атлетико" президенти 3-ўрин ҳақида: "Бу фалокат!"  11 23:45"Барселона" асосий трансфер мақсадини белгилаб олди  10 23:19Анге Постекоглу: "МЮ футболчиларининг бундай катта ўйинга қандай тайёрланишини билмаймиз"  1 22:55Родригога Англиядан харидор чиқди  2 22:31ОФК клублар рейтинги янгиланди. Ўзбекистон ўз ўрнида қолди  12 22:06"Барселона" ҳимоя етакчиларидан бири билан шартномани узайтирмоқчи  2 21:40"Милан"нинг ЕЧЛга чиқа олмагани клубга бир неча ўн миллион еврога тушади  5 21:14"Рома"ни бошқариш учун яна бир номзод пайдо бўлди  6 20:48Португалия термаси Миллатлар Лигаси ярим финали учун қайдномасини эълон қилди  6 20:24Мавсумнинг энг яхши дарвозабонлари рейтинги тузилди. АПЛ ва Лига 1 вакиллари етакчилик етакчилик қилмоқда  0 20:02Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Хоразм ФА"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, "Цементчи"га техник мағлубият ёзилди  4 19:06Лига 1 2024/25 йилги мавсуми рамзий жамоаси эълон қилинди  2

PRO-Liga, “A” guruhi 2-tur. Eng tezkor gol va boshqalar haqida Yangiliklar

PRO-Liga, “A” guruhi 2-tur. Eng tezkor gol va boshqalar haqida

Teglar :  PRO-liga2-tur
PRO-Liga “A” guruhining 2-turida bo'lib o'tgan o'yinlardagi gollarga sharh berib o'tamiz.

* Turning 4ta o'yinida jami 11ta gol qayd etildi. Qizig'i, o'tgan turda ham 11ta gol qayd etilgandi.
* SHundan 6tasi mezbon jamoalar hisobiga yozilgan bo'lsa, qolgan 5ta golni mehmonlar kiritdi.
* Safarda eng ko'p gol urgan jamoa – “Andijon”. “Istiqlol”ga qarshi kechgan bahsda andijonliklar raqibini ayab o'tirmadi va javobsiz 4ta to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi.  SHuningdek “burgutlar” ushbu turda ham o'z darvozalari dahlsizligini saqlab qolganini aytish lozim.
* O'z maydonida raqib darvozasiga eng ko'p to'p kiritgan jamoa “Xorazm” bo'ldi. Urganchliklar Nukusning “Orol” jamoasi darvozasiga 4ta to'p kiritib, 1ta gol o'tkazib yubordi.  
* Turning eng tezkor goli “Xorazm” – “Orol” o'yinida qayd etildi. Uchrashuvning 4-daqiqasidayoq urganchlik Timur Bekchanov yaratilgan vaziyatni gol bilan yakunlashga muvaffaq bo'ldi. Ahamiyatlisi, Bekchanov birinchi bo'lim so'nggilarida o'z o'rnini Qadamboy Nurmetovga bo'shatib berdi. Zahiradan maydonga tushgan futbolchi ham o'z aktiviga 2ta gol yozdirib qo'yishga erishdi.
* Turning eng so'nggi goli deya “Andijon” futbolchisi Obid Hakimovning “Istiqlol” darvozasiga 90+3-daqiqada kiritgan to'pini aytish mumkin.
* O'yinlarning birinchi taymida 6ta gol qayd etildi.
* Ikkinchi bo'limda esa darvozalarga yana 5ta to'p kiritildi.
* PRO-Liganing 2-turida “Andijon” hujumchisi Davron Isoqov bilan “Xorazm” hujumchisi Qadamboy Nurmetov dubl qayd etdi. Etiborlisi, Isoqov o'tgan turda ham bitta to'p kiritgandi. Hozirda Davron 3ta goli bilan to'purarlar ro'yxatini boshqarib turibdi.
* Ushbu turda penalti va avtogol qayd etilmagan.  


PRO-Liga, “A” guruhi. 2-turda gol urgan futbolchilar
1. Davron Isoqov (“Andijon”) – 2ta.
2. Sunnatilla Mamadaliev (“Andijon”) – 1ta.
3. Obid Hakimov (“Andijon”) – 1ta.
4. Vohid SHodiev (“Mashal”) – 1ta.
5. Nikita Pavlenko (“Mashal”) – 1ta.
6. Timur Bekchanov (“Xorazm”) – 1ta.
7. Qadamboy Nurmetov (“Xorazm”) – 2ta.
8. Timur Ismoilov (“Xorazm”) – 1ta.

9. Navro'z Alimov ("Orol") - 1ta.


Islombek Rustambekov

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика