So’nggi yangiliklar

01:34"Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга яқин  1 01:08Расман: Элдор Шомуродов - "Истанбул Башакшеҳир" футболчиси!  5 00:59Тео Эрнандес: "Милан" мен учун энг асосийси эди, сўнгги пайтдаги чиқарилган қарорлар мени шу ерга етаклади"  1 00:25"Атлетик" футболчиси Альварес футболдан четлатилди  1 23:53Скотт Мактомини: "Неаполдаги ҳаёт умуман бошқача"  3 23:25Қирғиз Республикаси термаси собиқ бош мураббийи "Алга"ни бошқаради  0 22:42А Серия учрашуви Австралияда ўтказилиши мумкин  0 22:16"Милан" ва "Вулверхэмптон" Олимпиадада Ўзбекистонга гол урган футболчига қизиқмоқда  6 21:50Чиро Иммобиле "Болонья"га ўтди  0 21:21Кунья 10-рақам ҳақида: "Бу мени ғурурлантиради"  1 20:53Диёр Имомхўжаев "Soccer club" ва "Футбол шарҳи" кўрсатувларининг ёпилиш тарихи ҳақида гапириб берди  12 20:24Расман: Эдин Жеко А Серияга қайтди  0 20:00Фердинанд: "Энрике Дембелени суперюлдузга айлантирди, у Мбаппедан ҳам муҳимроқ футболчи бўлиб олди"  8 19:38"Динамо" футболчиси бошқа жамоага йўл олди  0 19:16Ашурматов: "Ҳусанов "Манчестер Сити"га ўтганидан кейин ўзгариб қолмади"  5

PRO-Liga, “A” guruhi. 10-turning eng tezkor goli va boshqalar haqida Yangiliklar

PRO-Liga, “A” guruhi. 10-turning eng tezkor goli va boshqalar haqida

Teglar :  PRO-liga
O'tgan juma kuni mamlakatimizning bir qator shahar va tumanlarida PRO-Liganing 10-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

Unda muxlislar bir qator qiziqarli bahslarga guvoh bo'ldi deyish mumkin. Xususan “A” guruhidagi o'yinlarda sensaciya qayd etilmadi. Oldindan favorit deya etirof etilgan jamoalar yakunda g'olib bo'ldi.

Etiborlisi 10-turda durang natijasi qayd etilmadi. Safarda g'alaba qozongan yagona jamoa esa “Mashal” bo'ldi. “A” guruhidagi peshqadamlik qilayotgan “gazchilar” bu turda “Orol” maydoniga safar uyushtirib, 1:0 hisobida zafar quchdi.

10-turning to'rtta o'yinida jami 12ta gol qayd etildi. Bu har bir bahsga o'rtacha 3tadan gol demakdir.

Eng ko'p gol urgan jamoa “Surxon” bo'ldi. Termizliklar o'z maydonida “Xorazm”ni qabul qildi va raqib darvozasini 4 bor aniq nishonga oldi.

“SHo'rtan” va “Mashal” jamoalari ushbu turda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolishga erishdi.

Ushbu turda mezbonlar tomonidan kiritilgan gollari soni 9tani tashkil etgan bo'lsa, qolgan 3ta to'p mehmonlar hisobiga yozildi.

Uchrashuvlarning birinchi bo'limida muxlislar 7ta golga guvoh bo'ldi. Ikkinchi taymda esa darvozalarga yana 5ta to'p kiritildi.

10-turning eng tezkor goli 8-daqiqaga to'g'ri keldi. “Surxon”ning markaziy himoyachisi Najmiddin Normurodov “Xorazm” darvozasiga birinchi bo'lib to'p kiritib, hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi.

Aksincha 10-turning eng so'nggi daqiqasida kiritilgan gol 83-daqiqada sodir bo'ldi. Bu ham “Surxon” – “Xorazm” o'yinida yuz berdi. Urganchliklarning to'purar hujumchisi Qadamboy Nurmetov uchrashuvning so'nggi daqiqalarida hisobni bittaga qisqartirishga erishdi.  

Ushbu turda dublga erishgan futbolchi Bahriddin Vahobov bo'ldi. “Surxon”ning tajribali hujumchisi “Xorazm” bilan o'yinda 2ta to'p kiritib, jamoasining yirik hisobdagi g'alabasiga hissa qo'shdi.

SHuningdek 1ta avtogol qayd etildi. “Dinamo” himoyachisi Mirkomil Loqaev “Andijon”ga qarshi bahsning 17-daqiqasida kutilmaganda o'z darvozasiga to'p kiritib yubordi.
Uchrashuvlarning ikkinchi bo'limidan ikkita penalti yuz berdi. Etiborlisi ularning barchasi aniq amalga oshirildi. “Andijon” himoyachisi Nodir Mavlonov “Dinamo” darvozasini aniq nishonga olgan bo'lsa, “Surxon” jamoasi sardori Bahriddin Vahobov ham 11 metrlik nuqtadan aniq foydalandi.  

10-turda kimlar gol urdi?
1. Mirkomil Loqaev (avtogol) – “Dinamo”.
2. SHoxruh Boyqo'ziev – “Andijon”.
3. Nodir Mavlonov – “Andijon”.
4. Zohir Qo'ziboev – “Dinamo”.
5. Zafar Akromov – “Mashal”.
6. Og'abek Erkinov – “SHo'rtan”.
7. Jasur Xolto'raev – “SHo'rtan”.
8. Najmiddin Normurodov – “Surxon”.
9. Bahriddin Vahobov (2ta) – “Surxon”.
10. Farhod Tojiev – “Surxon”.
11. Qadamboy Nurmetov.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика