So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

PRO-Liga, “A” guruhi. 1-turda eng ko'p muxlis Andijonda Yangiliklar

PRO-Liga, “A” guruhi. 1-turda eng ko'p muxlis Andijonda

Xabaringiz bo'lsa kerak, 6 aprel kuni mamlakatimizda futbol bo'yicha PRO-Liga musobaqasiga start berildi.

Kecha “SHo'rtan” – “Xorazm” o'yini turga yakun yasab berdi.

Yangicha formatda tashkil etilgan musobaqada jamoalar 9tadan ikki guruhga ajratilgan xolda, g'oliblik uchun kurash olib bormoqda. Ochig'ini aytganda, qiziqarli kechishi kutilayotgan ushbu musobaqaning ilk tur o'yiniga ishqibozlarning tashrifi yuqori bo'lishini kutgandik. Ammo tan olish kerak, bu yil ham PRO-Liga o'yinlariga muxlislar tomonidan bo'lgan qiziqish u qadar yuqori bo'lmayapti. Buni birinchi turda stadionga tomoshabinlarning tashrifidan ham bilib olish mumkin. Raqamlar barchasini aytib turibdi.

“A” guruhida 4ta o'yinga jami 10 217 nafar ishqiboz tashrif buyurgan. Har bir uchrashuvga o'rtacha 2 554 ta muxlis demakdir.


O'yinlar qaydnomasiga nazar tashlaydigan bo'lsak, eng kam muxlis G'uzorda kechgan “SHo'rtan” – “Xorazm” bahsida kuzatilganini ko'rish mumkin. Aftidan G'uzorda ishqibozlar katta futboldan bexabar qolib ketgan yoxud haqiqatdan ham ularning futbolga bo'lgan qiziqishi pasaygan deyish mumkin.

Qoraqalpog'istonda ham futbolga qiziqish yo'qdek. Negaki, “Istiqlol”dek raqibga qarshi bahsda Nukusdagi “Turon” stadionida atiga 1280 nafar tomoshabin qadam ranjida qilgan.
Aksincha eng ko'p muxlis Andijondagi “Sog'lom avlod” stadioniga kirgan. Turning markaziy o'yini “Andijon” – “Mashal” uchrashuviga 4560 nafar ishqiboz kirgani, qaydnomada ko'rsatib o'tilgan.    

Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?

“OROL” – “ISTIQLOL” – 1:2 

Nukus shahri. “Turon” stadioni. 1280 tomoshabin.

“ANDIJON” – “MASH'AL” – 2:0 
Andijon shahri. “Sog'lom avlod” stadioni. 4560 tomoshabin.

“NORIN” – “DINAMO” – 0:0.
Haqulobod shahri. “SHodlik” stadioni. 3126 tomoshabin.

“SHO'RTAN” – “XORAZM” – 5:1 

G'uzor shahri. “G'uzor” stadioni. 1251 tomoshabin.


PRO-Liga, “A” guruhi. 1-turda eng ko'p muxlis Andijonda

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика