So’nggi yangiliklar

22:31Пепе Хаби Алонсо ҳақида: "Бу клубнинг талаблари жуда катта"  0 22:13Зидан: "Мен қайтаман"  0 21:47Рустамбек Фомин: "Бу термада ўзгаришлар кўп бўлди. Шу сабабдан бўлса керак, пастроқ темп кузатилди"  0 21:11Азизбек Тўлқинбеков: "Жаҳон чемпионатигача ишлашимиз керак бўлган жиҳатларимиз кўп"   0 20:54Қувончбек Абраев: "Озарбайжон билан илк баҳсдан тўғри хулоса чиқариб бугун гол урдик"   0 20:38Жамолиддин Раҳматуллаев: "Бугун асосий мақсад натижа эмасди"  1 20:12Равшан Ҳайдаров: "Натижа бор, лекин ўйин борасида саволларимиз кўп"   5 19:47Финалиссима Осиёда бўлиши мумкин  2 19:26"Қизилқум" назорат ўйинида "Бухоро"ни мағлуб қилди  3 19:04Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон U20 Қозоғистон U21 термасини кичик ҳисобда мағлуб этди  15 18:56Коло Туре Гвардиола штабида ишлаётгани ҳақида: "Менга айнан шу етишмаётганди"  0 18:10Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон U18 Озарбайжонни мағлуб қилди, Абраевдан дубль  2 17:57Мбаппесиз қолган Франция термасига ким сардор бўлади?  0 17:39Ўзбекистон U-16 термаси Японияга мағлуб бўлди   13 17:09Уругвайга қарши ўйин олдидан Фабио Каннаваро нималар деди?  9

Pro Liga 2020. Quradan so'ng murabbiylar qanday fikrda? Yangiliklar

Pro Liga 2020. Quradan so'ng murabbiylar qanday fikrda?

Teglar :  Pro liga
Bundan bir necha soatlar oldin Pro Ligaga qura tashlash marosimi o'tkazildi.

Yig'ilishda barcha jamoalarning murabbiylari, direktorlari va vakillari ishtirok etishdi. Biz esa marosim yakunida ularning ayrimlarining fikrlari bilan qiziqdik.

Jahongir Jiyamurodov (“Zomin” jamoasi bosh murabbiyi): Maqsadimiz yaxshi o'rinlarni egallash va munosib ishtirok etish. PFLning natijaga jiddiy etibor qaratmagan holda yoshlarga etiborni qaratish, jamoalarning o'rinbosarlar jamoasini ham shakllantirish haqidagi qarori to'g'ri bo'ldi. Oldin faqat Superliga jamoalaridagina o'rinbosarlar jamoasi bo'lardi. Qura haqida fikr bildiradigan bo'lsam, birinchi turni safarda o'tkazamiz. Bu qaysidir manoda bizga maqul keldi. Sababi yangi stadionimiz tayyor bo'lish va ishga tushirilish arafasida turibdi. Nasib qilsa 28 aprel kuni ochilishi kutilmoqda. Unga qadar to'rtta turda mehmonda o'ynaymiz. 

Tolibjon Qosimov (“SHo'rtan” klubi vakili): Jamoamiz oldiga har mavsumda yuksak vazifalar qo'yiladi. Garchi, so'ngi uch yilni quyi ligada o'tkazgan bo'lsakda, u erda futbol muhiti, talabchan muxlislar bor. Joriy yilda yangi rahbariyat ish boshladi, klub tizimida o'zgarishlar ro'y berdi. Rejamizdan faqat Superligaga chiqish o'rin olgan. Harakat qilmaymiz, balki jiddiy tarzda yonadashamiz. Boshqasi jamoani qoniqtirmaydi. Umuman olganda Pro Ligadagi jamoalarga nazar soladigan bo'lsak, hammasi teng kuchli jamoalar. Intiriga, Superliga uchun kurash nihoyatda qizg'in ruhda kechadi deb o'ylayman. Istasak, istamasak barcha jamoalar bilan o'ynab chiqishimizga to'g'ri keladi. SHuning uchun og'ir yoki engil keldi deya olmayman.

Abduvohid Ahmadaliev (“Turon” jamoasi rahbari): Futbol klubimizning birinchi galdagi vazifasi Superligaga yo'llanma olish. SHuningdek, akademiyamizni rivojlantirishni maqsad qilganmiz. Bosqichma-bosqich jamoamizni shakllantirmoqchimiz. SHu orqali O'zbekistonning eng raqobatbardosh jamoasiga aylantiramiz. Buning uchun bizda barcha narsa etarli. Moliyaviy va tashkiliy tomondan muammolar yo'q. Akademiyada umumiy to'rtta maydon qad rostlaydi, ikkita suniy va ikkita tabiiy maydon. Bolalar futbol bilan shug'ullanishlari uchun hamma sharoitlarni yaratib beramiz.


Abdulaziz Iskandarov yozib oldi.

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика