PRO liga. 1-tur taqvimida o'zgarish
23 iyu 2020 21:48
Yangiliklar
PRO liga. 1-tur taqvimida o'zgarish
3 iyul kuni Pro liga yangi mavsumiga start beriladi. Xabaringiz bor, yangi mavsumda Pro ligada 8ta jamoa ishtirok etadi.
Yangicha formatda o'tadigan musobaqa taqvimi avvalroq xabar qilingan edi.
Hozirda, Respublikaning ayrim xududlarida epidemiologik vaziyat o'zgarmagani tufayli, ushbu hududlarda futbol uchrashuvlarini o'tkazishga ruxsat berilmagan. SHu bois, Pro liga 1-turidagi “Xorazm” – “Turon” bahsi “Turon” klubi maydoniga ko'chirildi. Tabiiyki, ushbu klublarning ikkinchi davradagi bahsiga Xorazm mezbonlik qiladi.
SHuningdek, 2-turdan o'rin olgan “Neftchi” – “Xorazm” uchrashuvi ham mehmonlarga engillik yaratish maqsadida, Farg'ona viloyatida ketma-ket ikki uchrashuv o'tkazishini inobatga olib, 8 iyul kunidan 7 iyul kuniga ko'chirildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar